Falsafa va ijtimoiy hayot



Yüklə 413,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix06.06.2020
ölçüsü413,69 Kb.
#31703
1   2   3   4   5
falsafa va ijtimoiy hayot


ko„rsatilgan? 

A. Kant, Gegel 

B. Fixte, Golbax 

S. Baxtin, Sartr 

D. Kamyu, Sartr 

 

29. Gnoseologik optimizm ta‟limoti qanday qarashni ilgari suradi? 

A. Dunyoni anglash va bilish mumkin 

B. Dunyoni bilib bo‗lmaydi 

S. Dunyoni bilish mumkin, lekin shubha bilan qarash kerak 

D. Hamma javob to‗g‗ri 



 

42 

 

30.  Agnostitsizm  namoyondalarining  asosiy  g„oyasi  qaysi  javobda  to„g„ri 



ko„rsatilgan? 

A. Dunyoni to‗liq bilish mumkin 

B. Dunyoni faqat sezgilar orqali bilish mumkin 

S. Dunyoni bilib bo‗lmaydi 

D. Dunyoni aqliy bilish mumkin 

 

31.  Falsafaning  qaysi  funksiyasida  “Haqiqat  nima?  Uning  mezonlari 



qanday?” degan savollar beriladi?. 

A. Gnoseologik funksiyada  

B. Dunyoqarash funksiyasida  

S. Mifologik funksiyasi  

D. Integrativ funksiyasi  

 

32. Falsafaning qaysi funksiyasi yetakchi o„rinni egallaydi? 

A. Dunyoqarash funksiyasi 

B. Gnoseologik funksiyasi  

S. Ontologik funksiyasi 

D. Tarbiyaviy funksiyasi  



 

33. 2008 yil  Seul  shaxrida 22 Jahon falsafasi  kongressi  qanday umumiy  nom 

ostida o„tdi? 

A. Hozirgi davrda falsafani qayta anglash 

B. Tarix falsafasini o‗rganish 

S. Falsafada yangi metodni yaratish 

D. Falsafaning umumiy masalalari 

  

34. Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama komil insonni qanday atama bilan 



ifodalagan? 

A. Paydeyya  



43 

 

B. Animiya 



S. Idealistlar 

D. Sofistlar 

 

35.  Xalqaro  Boston  kongressida  fransuz  mutafakkiri  Pyer  Obenyak  qanday 

savolni o„rtaga tashlagan edi? 

A. Insonning vahshiyona tabiatidan ma‘rifatli tabiatga o‗tish imkoniyati qay daraja 

mavjud 

B. Insonning kelib chiqish sabablari 



S. Insoniyatning kelajakdagi muammolari  

D. Olam va odamning o‗zaro munosabatlari  

 

36. Falsafa Pratogor, Suqrot, va Platon aytganidek falsafa -bu  ... ? 

A. Ishontirish emas, to‗g‗ri fikrlash san‘atidir 

B. Falsafa olamni bilish  

S. Umumiylikni o‗rganuvchi fan 

D. Ishontirish o‗rgatuvchi fan 

 

37. “Umumiy nisbiylik nazariyasi” ta‟limotining asoschisi kim? 

A. Eynshteyn 

B. I.Nyuton 

S. N.Bor 

D. R.Ernest 

 

38. Fanning mohiyati- bu  ...? 

A. Borliq to‗g‗risidagi obyektiv bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish 

B. Borliq to‗g‗risidagi subyektiv bilimlar 

S. Dalillarsiz aniqlash 

D. Hujjatlarni yig‗ish  

 


44 

 

39. Klassik mexanikaning qonunlarini qaysi olim ta‟riflagan?  

A. I.Nyuton 

B. R.Dekart 

S. A.Eynshteyn 

D. N.Bor 

 

40. XX asrning 30-40 yillarida fan-texnikaning taraqqiyoti nimaga olib keldi?  

A. Fan inqilobiga 

B. Ma‘naviyatning inqirozi  

S. Olamning anglashning qiyinlashuviga  

D. To‗g‗ri javob yo‗q  

 

41. Ssiyentizm quyidagi fikrlardan qaysi birini ilgari surgan? 

A. Falsafani fan darajasiga tushirish va dunyoqarash masalasini olib tashlash 

B. Falsafani dunyoqarash deb bilish  

S. Falsafani fan deb bilish 

D. Barcha javoblar to‗g‗ri      

 

 


45 

 

Falsafa darslarida “suqrotcha baxs”, “insert”, 



“birgalikda ilm olish” metodlarining o„rni.  

                Falsafa  darslari  qiziqarli  va  talabaga  boy  axborot  beradigan  bo‗lishiga 

yordam beradigan ulublar juda ko‗p. Lekin ular orasida falsafaning eng sinalgan va 

eng  qadimiy  uslubi  bo‗lgan  ―suqrotcha  bahs‖ga  hech  qaysi  uslub  yeta  olmaydi. 

Zero,  aynan    shu  uslub  dialektik  fikrlash  uslubidir  va  aynan  shu  uslub  dunyoga 

Suqrot,  Platon,  Aristotel,  Forobiy,  Ibn  Sino  kabi  ko‗plab  mutafakkirlarni 

yetishtirgan. Ayni shu uslub Platon dialoglarida aks etgan va hozirgacha insoniyat 

yetuk mutafakkirlarini kamolotga yetkazishda davom etmoqda. Bu uslubni yaxshi 

bilish uchun mazkur dialoglarni chuqur o‗rganish kerak. Bugungi kunda ularning 

o‗zbek  tilidagi  tarjimasi  amalga  oshirilgani  esa  ishimizni  yanada  yengillashtirdi.  

Bu  uslub  seminarda  emas,  balki  faqat  ma‘ruzalar  vaqtida  o‗kaziladi.  Bunda 

o‗qituvchi  Suqrotning,  talabalar  esa  Suqrotning  suhbatdoshi  rollarini o‗ynaydilar. 

Mazkur  metodni    mashq  orqaligina  namoyish  etish  mumkin.  Shuning  uchun  bu 

yerda ushbu uslubga boshqa to‗xtalmaymiz.  

        Lekin metodikadan o‗tkazadigan seminarlarimizda bu metodni maxsus mashq 

qilib ko‗ra olamiz. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, bu uslubni falsafani chuqurroq 

biladiganlar  o‗zlashtirishi  mumkin  va  maqsadga  muvofiqdir.  Falsafa  darslarining 

xajmi  juda  qisqa  bo‗lgan  nofalsafa  mutaxassisliklari  darslarida  esa  uni  qo‗llash 

uchun  yetarli  vaqt  topib  bo‗lmaydi.  Ammo  bu  uslub  masalaning  javobi  baxs 

qatnashchilaridan  biriga  ayon  bo‗ladigan  platoncha  (suqrotcha)  dialog  emas, 

albatta. Bu savollar va ularga javoblar to‗qnashuvi jarayonida kelib chiqadigan o‗z-

o‗zidan tashkillanishi kutiladigan nochiziqli kognitiv-kommunikativ muhitdir.  

     Falsafani  o‗rganishga  endigina kirishganlar  esa avval osonroq  uslublar  asosida 

o‗z tafakkurlarini rivojlantiradigan uslublar asosida ishlashlari maqsadga muvofiq. 

Shunday  ulublar qatoriga ―insert‖ uslubi turadi.  

          ―Insert‖  uslubi  yordamida  talabalar,  asosan,  falsafiy  matnlar  (tekstlar) 

yordamida  o‗z  tahliliy  va  tanqidiy  tafakkurlarini  rivojlantiradilar.  Shu  orqali 

falsafiy g‗oyalarni tushunishni o‗rganadilar. Bu metod bilan ishlaganda talabalarga 



46 

 

muayyan  falsafiy  matn  (Masalan,  biron  muallifning  maqolasi  yoki  biron  faylasuf 



kitobidan olingan ko‗chirma) tarqatiladi. Ular tekstni o‗qib chiqib, varaq chetlariga 

(polyalariga)  o‗z  belgilarini  qo‗yadilar.  Belgilarni  oldindan  kelishib  olish 

maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  bu  talabalar  ishini  tekshirish  va  baholashni 

osonlashtiradi. Belgilar quyidagicha bo‗lishi mumkin: talaba 

             « + »   - belgisini o‗zi uchun yangi fikr qarshisiga qo‗yadi. 

             « - »    - belgisini o‗z bilimlariga, fikrlariga zid keladigan  

             fikr qarshisiga qo‗yadi. 

             «V»    -  belgisini o‗z fikrlariga muvofiq keladigan fikr  

                            qarshisiga qo‗yadi.  

             «? »   -   belgisini o‗zi tushunib yeta olmagan fikr qarshisiga qo‗yadi. 

           Talabalar  tekstni  o‗qib  chiqib,  tegishli  belgilarini  qo‗yib  chiqqanlaridan 

keyin  o‗qituvchi  ularga  quyidagi  jadvalga  o‗z  belgilarini  qo‗yib  chiqishlarini 

tavsiya etadi. 

 

           V 



            - 

            + 

             ? 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

         Shundan  keyin  o‗qituvchi  ―Insert‖  jadvaldagi    bu  axborotni  tartiblashtirib 

chiqadi.  Talabalardan  kim  va  nimalarni  tushuna  olmaganlarini  va  kim,  nimalarni 

tushuna  olganlarini  o‗rganadi.  Bu  unga  talabalarni  baholash  uchun  ham,  kelgusi 

ma‘ruza  va  seminarlarda  buni  hisobga  olishi  uchun  ham  kerak  bo‗ladi.  Darsning 

keyingi  bosqichida  o‗qituvchi  talabalar  qilgan  ishlari  asosida  tekstni  muxokama 

qilib,  undagi  ziddiyatli  va  tushunarsiz  ko‗ringan  yerlarini  talabalarning  o‗zlari 

ishtirokida tahlil etib, yoritib oladi, ishni xulosalaydi. 

        Ish  muxokamasini  bilimi  uncha  yuqori  bo‗lmagan  talabalardan  boshlash  

maqsadga  muvofiq.  Shunda  bilimi  yuqoriroq  talabalar  muhokamada  faol  ishtirok 

etishlari,  o‗z  bilimlarini  mustahkamlab,  o‗qituvchiga  ham  yordam  berishlari 


47 

 

mumkin.  Chunki,  ushbu  muhokamada  ular  boshqalar  tushunib  yeta  olmagan 



fikrlarni tushuntirib beradilar va talqinlari, tafakkurlari chiniqadi. 

         Endi  “Birgalikda  ilm  olish”  metodi  haqida  fikr  yuritamiz.  Bu  metod  faqat 

seminar mashg‗ulotlarida qo‗llanishi mumkin va uning xillari juda ko‗p. Ularning 

hammasini  bu  yerda  keltirish  uchun  vaqt  yetmaydi.  Bu  yerda,  biz  ulardan 

ba‘zilarini namuna sifatida ko‗rsatamiz. Shu namunalar asosida, qolganlarini yosh 

o‗qituvchi  o‗zi  kashf  qilishi  yoki  boshqa  manbalarni  o‗qib,  tushunib  olishi  ham 

mumkin. 

           “Yozma  va  og„zaki  yumaloq  stol”  metodi.  Bu  mavzuning  muhokama 

etiladigan  masalasi  bo‗yicha  3  bosqichli  galma-gal  fikr  bildirish  usulidir.  Usulni 

qo‗llash uchun, avvalo seminar guruhini har birida 5 talabadan iborat 4 ta mayda 

guruhlarga ajratiladi. 

             Birinchi bosqichda, masalan, 1- va 2-  guruh talabalari masalaning javobini 

yozadilar, 3- va 4- guruh talabalari esa ularning javoblarini tahlil qiladilar. Javobda  

1-  va  2-  guruh  barcha  a‘zolari  qatnashadilar.  Ya‘ni  guruh  a‘zolarining  har  biri 

―yumaloq  stol‖  atrofida  o‗rtaga  tashlangan  savol  (masala)  bo‗yicha  o‗z  fikrlarini 

yozma  ravishda  bildiradilar.  Buning  uchun  javob  qog‗ozga  yozilishi  va  javob 

ostiga javob muallifi o‗z familiyasini yozib qo‗yishi kerak. Birinchi talaba javobni 

yozib bo‗lgach, qog‗oz bilan  ruchkani  o‗zining  boshqa  gruppadoshiga  uzatadi va 

h.k. Shu tarzda qog‗oz guruhning 5 a‘zosini aylanib chiqadi va tahlil uchun 3-, 4- 

guruxlarga uzatiladi.  Z- va 4- guruh a‘zolari javoblarni qiyosiy tahlil etib, tegishli 

baholaydilar (―ball‖ qo‗yadilar).  

            Ikkinchi  bosqichda    Z-  va  4-  guruh  a‘zolari  mavzuning  ikkinchi  masalasi 

bo‗yicha javob yozadilar, 1- va 2-  guruh talabalari esa ularning javoblarini tahlil 

etib, baholaydilar.  

            Uchinchi  bosqichda  ―og‗zaki  yumaloq  stol‖  o‗tkaziladi.  Buning  uchun 

mavzuning  uchinchi  savoli  1-,  2-  guruh  a‘zolariga  beriladi.  Ular  og‗zaki  javob 

beradilar,  3-,  4-  guruhdagilar  esa  javoblarni    og‗zaki  muhokama  qilib,  og‗zaki 

baholaydilar.  Keyin  mavzuning  to‗rtinchi  savoli  3-,  4-  guruh  a‘zolariga  beriladi. 


48 

 

Ular og‗zaki javob beradilar, 1-, 2- guruhdagilar esa javoblarni  og‗zaki muhokama 



qilib, og‗zaki baholaydilar. 

             “Birgalikda  ilm  olish”  metodining  ikkinchi  shakli:  “uch  bosqichli 



intervyu” dir. Seminarni bu metod asosida o‗tkazish uchun seminar guruhida har 

biri  3  talabadan  iborat  (7  yo  8  ta)  mayda  guruhlar  tuziladi.  Guruhchalarning 

a‘zolarini  A,  B,  G  deylik.  Bunda  A  Bdan  intervyu  oladi,  G  esa  savolni  va 

javobning  asosiy  fikrlarini  yozib  oladi.  Intervyu  oluvchi  o‗z  partnyoriga  o‗ylab 

javob  berishi uchun bir necha sekund vaqt berishi  va  asosiy  savolga  javob to‗liq 

chiqishiga  yordam  beradigan  qo‗shimcha  savollarni  ham  berishi  maqsadga 

muvofiq. 

          Ikkinchi bosqichda, rollar almashadi. G A dan intervyu oladi, B yozib oladi.  

         Uchinchi bosqichda, B Gdan intervyu oladi, A esa yozadi. Demak, seminarni 

bunday  tashkillash  uchun  seminar  asosiy  savollarni  uchtadan  mayda  savollarga 

ajratish kerak bo‗ladi. Savollar soni gurux va guruhdagilar soniga bog‗liqdir. 

           Dars  oxirida intervyu  yozuvlari  yig‗ib olinadi  va o‗qituvchi tomonidan  har 

bir guruhning, jumladan, har bir a‘zoning  ishi obyektiv   baholanadi. 

             “Birgalikda ilm olish” metodining uchinchi shakli sifatida  butun seminar 

guruhini  3  ga  -  ―savol  beruvchilar‖,  ―javob  beruvchilar‖  va  ―baholovchilar‖  – 

ajratib,  har  birining  vazifalarini  oldindan  taqsimlash    orqali  amalga  oshirilishi 

mumkin.  Seminar  qiziqarli  o‗yin  tarzida  kechishi  uchun  savol  beruvchilarni 

―jurnalistlar‖,  javob  beruvchilarni  ―delegatlar‖,  baholovchilarni  ―kuzatuvchilar‖ 

yoki ―hakamlar‖ yoki ―arbitrlar‖ guruhi deb atash ham mumkin. 

        Bu  usulda  seminar  tashkil  etilganda  birinchi  guruh  a‘zolariga  seminarda 

muhokama  etiladigan  masalalarni  yoritishga  xizmat  qiladigan  savollar  ro‗yxatini 

darsdan  avval  tayyorlab  kelish  topshiriladi.  Ikkinchi  guruh  a‘zolari  seminarning 

asosiy  savollari  bo‗yicha  javob  berishga  tayyorlanib  keladilar.  Uchinchi  guruh 

a‘zolari  esa  har  ikki  guruh  ishini  ,  ya‘ni  savol-javoblarni  eshitib,  baholashga 

tayyorlanib  keladi.  O‗qituvchi  uchala  guruh  ishini  nazorat  qiladi,  kerak  bo‗lgan 

hollarda  munozaraning  obyektiv  va  adolatli  bo‗lishiga  oid  ko‗rsatmalar  berib 

turadi. 


49 

 

        Bu  metod  kuchli    guruhlarda  va  og‗zaki  o‗tkaziladi.  Guruhdagilar  faolligi 



yaxshi  bo‗lsa,  keyingi  seminar  ham  ayni  shu  usulda,  faqat  guruhlarning  rollari 

almashtirilgan xolda o‗tkaziladi. Uchinchi  marta ham shu usul rollarni almashlab 

o‗tkazilganidan  keyin  bir  sikl  tugaydi  va  keyingi  seminarlarda  boshqa  uslublarni 

qo‗llashga  o‗tish  mumkin  yoki  shu  yo‗sinda  davom  etish  ham  mumkin.  Bu 

masalani guruhdagilarning reaksiyasiga qarab aniqlanadi. 

 

 



Darslarni muammoli o„tish, insert, birgalikda ilm olish va suqrotcha 

baxs metodlarini qo„llashga bo„lgan asosiy talablar. 

 

        Falsafiy ma‘ruzalarni muammoli o‗qishning pedagogik va didaktik  prinsip 

va talablari, asosan, quyidagicha: 

1.  Talabaning  muammo  muhokamasiga  nazariy  va  psixologik 

tayyorgarligini hisobga olish.  

2.  Ta‘lim  dasturi  va  mazmuni  bilan  uslub  orasidagi  uzviylikni 

yo‗qotmaslik. 

3.  Muammo materialining dars moduli bilan uyg‗unligi.  

4.  Tanlangan  material  talaba  ehtiyojlari  va  qiziqishlarilariga  muvofiq 

kelishi. 

5.  Tanlangan  material  chindan  ham  muammoli  bo‗lishi,  ya‘ni  yechimi 

aniq bo‗lmasligiga erishish. 

6.  Muammo  muhokamasidan  salbiy  (negativ)  xulosa  va  tajriba  hosil 

bo‗lmasligiga erishish. 

7.  Dars uzluksiz kechishini ta‘minlash, vaqtdan unumli foydalanish. 

8.  Muhokamada  barcha  talabalar  ixtiyoriy  qatnashishi  uchun  sharoit 

yaratish va h.k. 

 


50 

 

          Falsafadan  ma‘ruza  o‗qish  va  seminar  o‗tkazishning  metodik  va  didaktik 



talablari, asosan, shulardan iborat. Auditoriyaning falsafiy mavzularni o‗zlashtirish 

ko‗nikmalari  ortgani  sayin  va  ma‘ruzalarning  kirish  va  fundamental  mavzulari 

talabalar tomonidan yaxshi o‗zlashtirilganidan keyin ma‘ruzalar vaqtida muammoli 

masalalar sonini ko‗paytirib borish va xatto darsni boshidan oxirigacha muammoli 

masalalar  muhokamasi  tarzida  o‗tkazish  ham  mumkin.  Keyingi  holda  dars 

―suqrotcha  baxs‖  tarzida  o‗tgan,  deyish  mumkin.  Suqrotcha  baxs  namunalarini 

Platonning  dialoglari  misolida  ko‗rishimiz  mumkin.  Bu,  albatta,  hozirgi  davrda 

falsafadan  dars  berish  san‘atida  eng  oliy  idealdir.  Bu  idealga  yetish  esa  nafaqat 

o‗qituvchi,  balki  talabaga,  uning  bilimga  bo‗lgan  o‗z  ichki  shaxsiy  intilishiga, 

qiziqishiga bog‗liq. Bunda o‗qituvchi faqat tashqi turtki rolini o‗ynay oladi.   

 

 

 



51 

 

GLOSSARIY 



MIFOLOGIYA - (yunon. Miphos – doston, qissa, afsona va logos – ta‘limot) 

ijtimoiy  taraqqiyotning  dastlabki  bosqichidagi  tabiiy  va  ijtimoiy  hodisalarni 

o‗rganuvchi  fan.  Ibtidoiy  jamiyat  taraqqiyotida  afsonalar  birlamchi  bo‗lib,  ular 

nafaqat  inson  va  tabiatning  uyg‗unligiga  qaratilgan,  balki  mifologik 

dunyoqarashning  alohida  turi  bo‗lib,  tabiat  hodisalari  va  jamoa  hayotini  obrazli 

tasavvur  qilishdir,  ya‘ni  ilmiy  dalillarga  asoslanmagan,  his-tuyg‗ularga,  ijtimoiy 

xomhayollikka, ko‗pchilik tomonidan, ijtimoiy jarayonlarni va ushbu jarayonlarda 

o‗zlarining  tutgan  o‗rinlarini  noadekvat  aks  ettirishga  tayangandir.  Yer  yuzida 

yashovchi  barcha  xalqlarning  mifologiyalari,  afsonalari  mavjud.  Ular  xalqlarning 

tarixiy  xotirasining  ifodalanishida,  ularni  ijtimoiy  tashkillashtirishda  katta 

ahamiyatga  ega.  Insonning  hozirgi  zamon  ongida,  madaniyatida  mifologik 

qarashlar ham mavjud. 



FALSAFA 

(filosofiya) 

–  insonning  dunyoda  tutgan  o‗rni  va 

dunyoqarashining yaxlit sistemasini ifodalovchi ma‘naviy faoliyatining bir shakli. 

Mil.  2-3  asrlarda  o‗tgan  yunon  faylasufi    Diogen  Laertskiyning  shohidlik 

berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi bo‗lib, o‗zini «filosof» deb atagan. 

Bu  so‗z  Geraklitning  falsafiy  ta‘limotida  narsalarning  tabiatini  tadqiq  etishga 

nisbatan qo‗llanilgan, tadqiqotchining o‗zi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik 

«filosof»  so‗zi  har  taraflama,  keng,  tushunarli  va  haqqoniy  fikr  yuritishga 

intiluvchi  kishiga  nisbatan  qo‗llanilgan.  Tarixiy  ma‘lumotlar  yunon.  philosophia 

so‗zi arabchaga «falsafa» bo‗lib o‗tganligi, arablar bu fanni «hikmat» deb atashi, 

ruschaga «filosofiya» tarzida o‗tganligini tasdiqlaydi, demak, falsafa bilan filosof 

so‗zlari bir xil ma‘noga ega. 

FAN – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan 

biri.  Fan  tabiat,  jamiyat  va  tafakkur  haqidagi  yangi  bilimlar  hosil  qilishdan  to 

ularni  tadbiq  qilishgacha  bo‗lgan  faoliyatni  o‗z  ichiga  oladi.  Kishi  organizmi, 

atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini o‗rganib, ulardan 

kishilik  jamiyatining  ravnaqi  uchun  foydalanish  ilm-fanning  bevosita  maqsadidir. 


52 

 

Keng ma‘noda fanning vazifasi voqelikni nazariy aks ettirishdir. Tarixiy taraqqiyot 



jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib boradi. 

Fan bilan san‘at, din va axloq o‗rtasida muayyan munosabat mavjud. Hozirgi 

fan  ulkan  yutuqlarga  erishgan  sharoitda  din  fan  natijalaridan  foydalanishga  

harakat qiladi. Aksincha, fan ham diniy dunyoqarashlardan foydalanmay iloji yo‗q. 

San‘at  va  axloq  ham  fanga  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Fan  bilan  falsafa  o‗rtasidagi 

o‗zaro  bog‗lanish  murakkab  munosabatga  ega.  Falsafa  ozmi-ko‗pmi  fan 

metodologiyasi  vazifasini  bajaradi,  falsafa  va  fan  yutuqlari  birgalikda  ilmiy 

dunyoqarashni ifodalaydi. 



FANSHUNOSLIK  –  fanni  vujudga  kelishi  va  taraqqiyot  qonuniyatlari, 

strukturasi  va  dinamikasi,  uning  boshqa  ijtimoiy  omillar  va  jamiyatning  moddiy 

hamda ma‘naviy hayot sohasi bilan bog‗liq holda o‗rganuvchi yo‗nalish. Fanning 

ayrim unsurlari (fanlar klassifikatsiyasi va ilmiy ijod masalalari) qadimdan falsafa 

va xususiy fanlar tomonidan o‗rganildi. Aristotelning o‗z asarlari nomini «Fizika», 

«Metafizika»,  «Analitika»,  deb  qo‗yishi  fan  klassifikatsiyasi  sohasidagi  dastlabki 

g‗oyalardandir.  Al-Xorazmiy  ilmiy  ijod  kashfiyotining  vazifasini  ilmdagi 

qiyinchilikni  yengillashtirish,  xatolarni  to‗g‗irlab  ketishdan  iborat,  deb  bilgan. 

Forobiy  va  Ibn  Sino fanlar  klassifikatsiyasi to‗g‗risida  qiziqarli  fikrlar  aytishgan. 

Beruniyning  ilmiy  tadqiqot  metodlari,  jumladan,  tarixiy  axborotlar  haqidagi 

mulohazalari,  Mahmud  Koshg‗ariyning  fan  asoslarini  mujassamlashtiruvchi 

«Devoni  lug‗ati  turk»  asari  katta  ahamiyatga  ega,    Abdulloh  al-Xorazmiy  fanlar 

tasnifini bergan. 

FAN  FALSAFASI    –  fanni  bilish  faoliyati  sifatida  o‗rganuvchi  falsafa 

fanining sohasi hisoblanadi. Fan falsafasining  predmetini ilmiy bilishning umumiy 

qonuniyatlari va tendensiyalari ( intilishlari) tashkil etadi.  

Fan  falsafasida  ilmiy  bilishga  tarixiy  rivojlanish  davomida  ilmiy  bilimlarni 

yaratilishi va ijtimoiy – madaniy o‗zgarib boruvchi sharoitlarda o‗ziga xos faoliyat 

sifatida yondoshiladi. 

Fan  falsafasida  ilmiy  izlanish,  «kashfiyot  algoritmi»,  ilmiy  bilimning 

dinamikasi  tadqiqot  faoliyatining  uslublari  kabi  muammolar  tadqiq  etiladi.  Fan 



53 

 

falsafasining  boshqa  fanlardan  farqi  –  u  inson  intellekti  yordamida  haqiqatga 



erishish  imkoniyatlarini  izlashdir.  Boshqa  fanlarning  maqsadi  esa  haqiqatni 

izlashdir. 



AGNOSTITSIZM    -  (yun.  agnostos:  a  –  inkor,  gnostos  –  bilish,  bilishni 

inkor etish) – tabiat va jamiyat qonuniyatlari mohiyatini bilish imkoniyatlarini rad 

etib,  bilimning  voqelikka  muvofiq  ekanini  isbotlash  mumkin  emas,  deb 

hisoblaydigan    fal-y  ta‘limot.  Antik  skeptitsizm  va  o‗rta  a.  lardagi  nominalizm 

negizida  paydo  bo‗lgan.  XIX–XX  a.lar  ijtimoiy  tafakkurida,  ayniqsa,  marksistik 

fal.da  mazkur  ta‘limot  sun‘iy  tarzda  soddalashtirilib,  unga  to‗liq  bilishni  inkor 

etuvchi  ta‘limot  sifatida  baho  berilgan.  Vaholanki,  bu  ta‘limot  vakillari  obyektiv 

borliqni  bilish  mumkinligini  butunlay  rad  etmaydi,  bilim  va  tafakkurining 

cheklanganini  ta‘kidlaydi,  xolos.  Haqiqatan  ham,  dunyoni  mukammal  bilish 

mumkin  emas,  inson  dunyoning  siru  sinoatini  qanchalik  chuqur  o‗rganmasin, 

uning  tubiga  yetib  borolmaydi,  bu  olamning  haddi  hududi  bo‗lmagani  kabi,  u 

haqdagi  bilimlar  ham  cheksizdir.  Qad.  yun.  fal.sida  skeptitsizm  shaklida,  paydo 

bo‗lgan  (Protagor,  Pirron  kabi  faylasuflarning  qarashlar  asosida).  A.  keyinchalik 

ingliz  donishmandi  David  Yum  va  nemis  faylasufi  Immanuel  Kant  va  b.  g‗arb 

olimlari tomonidan rivojlantirilgan. Agnostiklarning fikricha, dunyoni yaxlit va bir 

butun  holda  bilib  bo‗lmaydi.    Inson  uning  bir  qisminigina  bilishga  qodir,  xolos. 

Ular  o‗z  fikrini  oqibatning  sababdan  farq  qilishi  bilan  asoslab  berishga  urinadi. 

Ular  oqibat  sababdan  farq  qiladi,  sh.u.  narsa  hodisalarning  mohiyatini  anglash 

mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu oqim namoyandalari obyektiv ravishda mavjud 

bo‗lgan  sabab  va  oqibat  o‗rtasidagi  bog‗liqlikni  isbotlash  mumkin  emasligiga 

asoslanib, aposterior, ya‘ni tajribadan oldingi bilim vositasida, sh-dek, mantiq yo‗li 

bilan ham oqibat va sabab o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqlash mumkin emas, degan 

g‗oyani  ilgari  suradi.  D.Yumning  fikriga  ko‗ra,  tabiat  mo‗jizalar  kitobini  to‗liq 

ochmaydi,  bizga  obyektlarning  ayrim  tashqi  sifatlarini  o‗rganish  imkonini  beradi, 

xolos. XIX A.da A. g‗oyasi turli yo‗nalishlarda rivojlantirildi. Mas., I.Myullerning 

A.i  (fiziologik  idealizm),  G.Gelmgolsning  iyerogliflar  A.i,  vulgar  materialistlar 



54 

 

(L.Byuxner,  Y.Moleshott)ning  A.i  A.Puankarening  konvensializmi,  XX  a.da  esa 



P.Yushkevichning ―prakseologik‖ A.i bunga yaqqol misol bo‗la oladi. 


Yüklə 413,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin