Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə6/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavxum nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafavujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko‘pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba’zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga da’vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish muhim o‘rin egallaydi.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin