Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə63/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog`liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo`lida paydo bo`lgan kiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni o`z bilimi va maxoratini oshirishga, yo`qsak G`oyalarga sodik bo`lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi.
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida inson qobiliyatlari tularok namoyon bo`ladi. Ijtimoiy tabakalanish jarayonida kishilarning boy va kashshok guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning eng muxim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko`p bolali oilalar, nafagaxurlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo`lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod bo`lishlari, o`zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o`z bilimi va maxoratini oshirishlari uchun Kamxurlik qilish iqtisodiy isloxotlarning insonparvarlik yo`nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy isloxotlar va bozor munosabatlariga o`tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o`zbek modelining muxim jixatlaridan biridir.
Inson mohiyatini falsafiy bilish o`lkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda to`tgan o`rni va ahamiyatini chuqurrok anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o`zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o`rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yo`qsak insoniy fazilatlarni egallash orqali O`zbekistonda ozod va obod jamiyat kurish vazifalari uyg`unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida to`rgan muxim vazifadir.
13-mavzu. Ma’naviyat va g`oyalar falsafasi .



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin