Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə60/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg`unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy soxalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ro`yobga chiqarilib bo`lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo`lida yangi muammolar tug`iladi va ularni xal etish vazifasi paydo bo`ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy saloxiyati, milliy psihologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o`ziga xos usullarini hayotga tadbik etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o`tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va taxdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o`tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psihologiyasidagi salbiy o`zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yuqolishida, G`oya va mafko`raga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo`lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o`z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o`z taraqqiyot yo`lini tanlash huquqiga ega bo`lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko`rsatdi. O`zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o`z milliy davlatchilik asoslarini mustaxkamlash, o`ziga xos va mos taraqqiyot yo`lini tanlash, rivojlanishning o`zbek modelini yaratish imkoniga ega bo`ldi

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin