Reja:
Bilish Genesologiyasinign asosiy tushunchasi
Inson bilishning asosiy bosqichlari.
3. Ilmiy bilishning mohiyati va usullari.
4. Haqiqatga erishish bilishning asosiy maqsadi .
Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmokda. Inson o`z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug`ullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.
Inson bilishi nixoyatda ko`p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug`ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr o`rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o`rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug`ullandilar. Тajribaga asoslangan bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan G`oyani olKa surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.
Dostları ilə paylaş: |