Falsafaning bilim va ishonch tabiati, uslublari, cheklovlari va qiymatlarini oʻrganuvchi sohasidir



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə7/22
tarix02.01.2022
ölçüsü47,13 Kb.
#40233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
MAVZU: Bilish nazariyasi.
Reja:
  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

    1. Bilishning mazmun va mohiyati, bilish darajalari.


    2. Bilim metodologiyasi: asosiy tushunchalar.


    3. Bilishning falsafiy mazmuni va genezesi.


  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish.
Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zining ruhiy – ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Bilish – moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan fa ol aks etishidir. Aniq fanlar dunyoni turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi. Bu to’g’rida turli qarashlar mavjud. D.Yum bilishning manbai sub’yektiv sezgi va idroklarimiz biz o’z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz. I.Kant – ob’yektiv borliqni tan olib, u predmet va hodisalarni «narsalar o’zida»ga bo’ladi. «Narsalar biz uchun»ni inson biladi, bu insonni qurshab turgan hodisalar, narsalar. «Narsalar o’zida»ni inson bila olmaydi. Bu erkinlik, o’lmaslik, xudo va shu kabilar. Kant bilish nazariyasini birinchi bo’lib falsafiy muammo sifatida, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir. V .Gegelь (Hegelь) – inson bilishini mutloq ruhning inson qiyofasida o’z – o’zini anglashidir deydi. L.Feyyerbax – dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilish tabiatning uning sezgilari va tafakkuridagi to’g’ri in’ikosdir deydi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy – inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb ko’rsatadi. Ingliz F.Bekon ( XVII – XVIII asr) – inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. Fr. Dekart – birdan – bir to’g’ri bilish – tafakkurdir. Fr. Didro, Gelьbax, Gelьvetsiy, Volьter, Lametri – sezgilar tafakkurning asosidir, quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori bosqichidir.


Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin