Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Yüklə 392,13 Kb.
səhifə10/30
tarix14.12.2023
ölçüsü392,13 Kb.
#177659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • huddi
Tabiat qonunlariniig yana bir eng muhim xususiyati — bu ob’ektiv xarakterga ega, yani u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqe’lik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik hilma-xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. aytaylik ularning yo rangi yoki bir turli materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi bazi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham huddi kun farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fel-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tarif narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Xo‘sh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari qanday? Qonun, bu – muhim xarakterga ega bo‘lgan aloqadir. Qonun va mohiyat tushunchalari bir xil toifadagi tushunchalardir. Qonuniyatli aloqalarning muhimlik va zarurlik xossalari ularning yana bir xususiyatini – umumiyligini keltirib chiqaradi. Umumiylik qonunning tegishli sharoit bo‘lgan hamma erda amal qilishini bildiradi. Qonunlar kamroq umumiy bo‘lib, faqat moddiy jarayonlarning cheklangan sohalaridagina amal qilishi, ayrim konkret fanlar tomonidangina o‘rganilishi (masalan, energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek qonunlar falsafa tomonidan o‘rganiladigan umumiy, universal bo‘lishi mumkin (dialektika qonunlari).
Qonunlar o‘zining ifodalash shakllari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bir xil qonunlar hodisalar o‘rtasidagi qat’iy miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi va fanda matematik formulalar bilan qayd etiladi (masalan, butun jahon tortilish qonuni). Boshqa xil qonunlarni esa qat’iy matematik formulalar bilan ifodalab bo‘lmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni). Qonunlarni sinflarga bo‘lish g‘oyat muhim ahamiyatga ega: dinamik qonunlar (qattiq determinatsiya), statistik (ehtimoliy) qonunlar, simmetrik qonunlar, boshqaruv qonunlari. Qonunlarning turli sinflari mavjudligi dunyoda sifat jihatdan turli tuman muhim aloqalar mavjudligini aks ettiradi, bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida o‘z ifodasini topadi.



Yüklə 392,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin