Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.