Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir.
Mazmun va shakl.
Mazmun va shakl.
Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.
Sabab va oqibat.
Sabab va oqibat.
O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir.
Xulosa
Фалсафий категориялар фалсафий тафаккур учун ниҳоятда муҳим бўлган оламдаги ўзгариш, ривожланиш, алоқадорлик ва узвий боғлиқликка хос умумий жиҳатларнинг инъикосидир. Улар нарса ва ҳодисаларнинг ўзига хослиги, ўхшашлиги ва фарқларини, барқарорлиги ва ўзгаришини англатувчи, билишнинг асосини ташкил этувчи энг умумий тушунчалар бўлиб, оламдаги барча ҳодиса, жараёнларга хос умумий, муҳим томонлар, ҳусусиятлар, муносабатларни ифодаловчи кенг маъноли ва чуқур мазмунли илмий атамалардир.