Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli : aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi
Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat , zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon bo`lishi
Xulosa
KIRISH
Har qanday fanning o`ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo`ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og`irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko`p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog`langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va xokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Хorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish kiyin. Хuddi shunday falsafaning fanlik makomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o`rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko`ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o`zaro bog`lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini kurib utdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan kiska tanishaylik.
Falsafiy kategoriyalar haqida umumiy tushuncha
Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko`rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok ilmiy tadqiqot yo`nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo`lib, Arastu ta’riflab bergan. U o`zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o`rin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob-ukubat». Bu turkumlashtirish, o`z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.