Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Alohidalik, xususiylik, umumiylik



Yüklə 105,93 Kb.
səhifə8/14
tarix13.12.2023
ölçüsü105,93 Kb.
#174970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar-fayllar.org

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi
makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik - olamdagi alohida, 
individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi
xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va 
umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali
ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy 
ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik»
narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy 
tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki
birligining namoyon bo‘lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va
shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. 
Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual
xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy
makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. 
Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash
bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba'zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa
hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan 
konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat
muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan
birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hyegel, alohidalikni voqyealarning zaruriy shakli, 
makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini 
mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda
«Osiyosentrizm» va «evropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik
mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. 
Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish,
muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan 
boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy
sababalardan biri edi. 


13



Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish 
jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqyelikning
alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan 
yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib,
alohidalik voqyelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir
tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini 
ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi
tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli 
bo‘lishini ta'minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga
xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya'ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik 
va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat»,
«huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil 
yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini
taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi 
manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», 
kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya'ni «alohidalik»,
«xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik 
munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish 
munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni - umumiylik, qismni
yoki elementni - alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan 
o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas.
Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa 
va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy
hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta'minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida 
aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishi kerak. 



Yüklə 105,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin