14
keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati
sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob'ektiv qonuniyatlarini
o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya'ni, insonning ob'ektiv
reallikni nazariy bilishga asoslangan:
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari
samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan
xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi
va munosabatining tartibli
tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va
munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta'minlaydigan sistemaning mavjudlik
holatidir. Umuman, struktura (lotin
tilida tuzilish, tartib degan ma'noni anglatib), sistemani
tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi
mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani
tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish
istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga
qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro
ichki
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular
umumlashgan xolda, moddiy olamning ob'ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham,
moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura»
va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat
jihatlarini ta'minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir.
Jamiyatda element ijtimoiy
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit
sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar,
tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya'ni,
jamiyatning axloqiy,
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z
navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning
funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim
bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra,
o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek,
turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib,
muayyan manfaatlar va
ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda
15
sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya'ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan
muhim element, ma'lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga
aylanishi yoki aksincha
bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning
mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: