«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik, maxsuslik,
umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura,
element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va
munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun,
qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari,
sub'ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan
barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini
almashtirib turishlarini e'tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish vazifasi va
maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi
bo‘lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat
hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta'minlashdan iborat bo‘lib,
uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va
ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida
yondoshadi. Bu yondoshish sub'ektiv harakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va
manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqog‘ini
qondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik
uchun, uning N
2
O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish
xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari makon va zamondagi
muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema,
struktura va elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday
hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.