16
Shakl esa - sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari,
aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va
shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an'anaviy xarakterga ega. Ya'ni,
mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga
olib keladi, degan xulosa ustuvor bo‘lgan.
Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud
bo‘lish mumkin bo‘lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz
faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy
xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juz'iy
o‘zgarish ham bir-biridagi o‘zgarishlarni
taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki
bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan,
suvning agregat holati, shakli o‘zgarishi bilan uning
mazmuni ham o‘zgaradi. Ya'ni, suv bug‘
holatida chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni
sug‘orish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari
sistemaning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, strukturaviy bog‘lanishlar
shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra,
shaklni mazmunga
nisbatan «ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak,
demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Dostları ilə paylaş: