Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja



Yüklə 58,51 Kb.
səhifə1/14
tarix03.12.2023
ölçüsü58,51 Kb.
#172074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Abdixakimova Kamila Faslasafa


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
Sharq falsafasi
Reja:

  1. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi

  2. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar

  3. Qadimgi Misr va Bobil falsafiy fikr ildizlari.

  4. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar

  5. Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti.

  6. Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti

  7. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri



Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.
Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan savollarga javob izlangan.
Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq – prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir.
Qadimgi dunyoning ma’lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni alohida o‘ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. Eramizdan avvalgi VII- VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri bo‘lib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri shakllandi, xozirgacha mavjud bo‘lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardo‘shtiylik mifologik – falsafiy ta’limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta’limotining yangi falsafiy maktablar yaratish davri boshlandi, Upanishadalar paydo bo‘ldi. Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma’naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, Yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi. Bunday burulish davriga ijtimoiy va u bilan mutanosib rivojlangan gnoseologik omillar sabab bo‘ldi.
Chunki bu davrga qadar qadimgi hind va xitoy fani xam ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Hindistonda noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi («son», «tub son», «sinus» kabi atamalar Hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fizologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti xaqida manbalarda jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Barchaga ma’lumki, Xitoy ipak, chinni va qog‘ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek, Xitoyda porox, kompas (mil. av. III asr) Yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil. av. 613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalari topilib unda Galley kometasi xaqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining xarakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim joriy qilinib (mil. av. 104 y.), unga ko‘ra bir yil 365 24kunga teng bo‘lgan. Mil. av. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganlar. Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib xisobda manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar.

Yüklə 58,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin