Egiz tug’adigan echkilarning qulog’i katta bo’lar ekan. 24. Matematik masala. Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat noiblari keltirgan tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:
– Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qopni bir tortishda aniqlashga ahd qilibdi. Siz unga 1 marta tortishda qaysi qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilganligini aniqlashda yordam bera olasizmi?
Sulton har bir qopdan qopning raqamiga ko’ra har xil miqdorda tangalar oladi, ya’ni 1-qopdan – 1ta, 2- qopdan – 2 ta, 3- qopdan 3 ta … 12- qopdan – 12 ta. Shundan so’ng olingan tangalarning og’irligini tortib ko’radi. Umumiy og’irlikdan necha gramm kam bo’lsa shu raqamdagi qopda qalbaki tangalar bo’ladi 5 gramm kam bo’lsa 5- qop, 10 gramm kam bo’lsa 10- qop. 25. Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p suv ichsa ko’p sut beradi. 26. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak?
Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi, ekinlar yetib olishi uchun shunday qilishadi. 27. Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?
Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan 28. Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan.
Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi?
Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi.Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi. 29. Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?