Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: • Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
Ba’zi elementlar doimiy valentlikka ega: Na, K, H doimo bir valentli; Ca, Mg doimiy ikki vaientli; Al doimo uch valentli bo‘ladi. Ko‘p elementlar o‘zaruvchan valentlikka ega bo‘ladi. Mis (ll)-oksidni vodorod bilan qaytarib mis olinganda elementlarning oksidlanish darajasi qanday o‘zgaradi? Qutbli kovalent va ionli birikmalarda kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan elektronlar elektrmanfiyligi katta atomga tomon siljigan yoki butunlay o‘tib ketgan bo‘ladi. Elektronlarni o‘zidan siljitgan atomlarni "elektron bergan" atomlar, elektronlarni o‘ziga tortgan atomlarni "elektron olgan" atomlar deb ataladi. Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi. Agar element: 1 ta elektron bersa +1, olsa —1, 2 ta elektron bersa +2, olsa —2, 3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi. Izoh: ionlarning zaryadini yozishda zaryad miqdori "+" yoki "-" ishoralarining oldiga yoziladi. Masalan: SO2+, S2-, Al3+. Elementlarning oksidlanish darajasini yozishda esa oksidlanish darajasi qiymati "+" yoki "—" ishoralaridan keyin yoziladi. Masalan, Na+1, Al+3, S-2 va hokazo. Qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar ya’ni oddiy moddalarda elementning oksidlanish darajasi nolga teng, chunki bunda atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy juft elektronlar hech qaysi atomga tomon siljimagan. Masalan: H2, Cl2, N2, Sn, Fe. . Kimyoviy birikmalarni tashkil etuvchi atomlarning oksidlanish darajalari yig‘indisi hamisha nolga teng bo‘ladi. Al2+3O -2 2(+3) + 3(-2) = 0. Kimyoviy elementlarning oksidlanish darajalarini aniqlashda quyidagilarni esda tuting: • Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng. (N2, O2, Cl 2, N2, O3, P, S, C, Na, Mg, Al, Fe ...). • Metall atomlari hamisha musbat oksidlanish darajasiga ega. • Metallmaslardan ftor faqat -1 oksidlanish darajasiga ega. Qolgan metallmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Masalan, vodorod metallar bilan hosil qilgan gidridlarida -1, qolgan birikmalarda esa +1 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Kislorod atomi esa ftorga elektron beradi va +2, qolgan birikmalarida -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Peroksidlarda esa -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan, H2O2, H+1 – O -1 – O -1 - H+l . Asosiy guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi, shu elementning guruh raqamiga teng. Na+, Mg+2, Al+3, Si+4, P+5, S+6, Cl+7. • Qo‘shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi ham guruh raqamiga teng bo‘ladi. Masalan, marganes - Mn (+25) 2) B) 8+5) 2). Marganes VII guruh elementi, shuning uchun Mn ni yuqori oksidlanish darajasi +7. • Elementning quyi oksidlanish darajasi sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng. Masalan, oltingugurt VI guruh elementi bo‘lib valent elektroni oltita.Elementlar oksidlanish darajalarining o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi, elektron bergan elementi ion qaytaruvchi deb ataladi. Oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi. Kimyoviy jarayonlarda metallar doimo elektron beradi. Demak, metallar har doim qaytaruvchi. Metallmaslar (ftordan tashqari) esa kimyoviy jarayonlarda oksidlovchi ham, qaytaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Kimyoviy jarayonlarda elementlarning olgan yoki bergan elektronlari soniga qarab oksidlanish darajalari o‘zgaradi. Elementning oksidlanish darajasi -3 dan +5 ga о‘tsa: 1) 8 ta elektron beradi: 2) qaytaruvchi bo‘ladi; 3) oksidlanadi; Elementning oksidlanish darajasi +4 dan -2 ga o‘tsa: 1) 6 ta elektron oladi; 2) oksidlovchi bo‘ladi; 3) qaytariladi.