Fizik xossalari. Benzol — rangsiz, uchuvchan, yonuvchan, o'ziga xos hidga ega suyuqlik. Suvda erimaydi. Bug'lari havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Suyuq benzol va uning bug'lari zaharli. Ko'p aromatik uglevodorodlar odatdagi sharoitda suvda erimaydigan rangsiz suyuqliklardir.
Kimyoviy xossalari. Benzol va boshqa aromatik uglevodorodlar to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlardan farq miladi. Ular uchun to'yingan uglevodorodlardagiga nisbatan oson boruvchi o'rin olish reaksiyalari xos.
0'rin olish reaksiyalari.
Galogenlash — benzol yadrosidagi vodorod atomlarining katalizator ishtirokida (A1C1,, FeC1,, Fe) galogenlarga almashinishidir:
C,H, + Br, C,H,Br + HBr
Hosil bo'lgan brombenzol 156'C da qaynaydigan, rangsiz, suvdan og'ir suyuqlikdir.
Nitrolash — benzol yadrosidagi vodorod atomlarining sulfat kislota ishtirokida
nitroguruh — NO, ga almashinishidir:
C,H, + HONO, ~ C,H,NO, + H,O
Sulfolash — benzol yadrosidagi vodorod atomlarining sulfat kislota qoldig'i
sulfoguruh — SO,OH ga almashinishidir:
C,H, + HOSO,H ~ C,H,SO,H + H,O
Dostları ilə paylaş: |