Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Zamonaviy sanoatga turli xususiyat va sifatga: yuqori mustahkamlik, termobarqaror, termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo'lgan materiallar ko'p miqdorda kerak bo'ladi. Tabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga to'la javob bermaydi va ehtiyojni qondira olmaydi. Bundan tashqari, insoniyat uzoq bo'lmagan kelajakda xomashyo, energiya, suv, oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy manbalari kamayib ketishi muammosi bilan yuzma-yuz turibdi.
Bunday sharoitlarda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida kimyo, kimyoviy mahsulotlar, kimyoviy uslublar roli ortib bormoqda.
Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressiv texnologiyalarni ishlab chiqish; belgilangan xossalarga ega bo'lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolami kompleks qayta ishlash; chiqindilardan foydali komponentlarni to'laroq ajratib olish, energiya va xomashyolami tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilish, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilardan iborat.
Kimyo sanoati ilmiy-texnika taraqqiyotiga asoslanib, belgilangan xossalarga ega bo'lgan yangi, tabiatda mavjud bo'lmagan materiallar: polimerlar (plastmassalar, sintetik tolalar, sintetik kauchuklar), keramika, kompozitlar, lok-bo'yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar ishlab chiqarmoqda.
Polimerlaming alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po'latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlaming 1 tonnasi 6 tonna metall o'rnini bosa oladi. Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikxoelektronikada, qishloq xo'jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo'llanib kelmoqda. Keramikani metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi o'rindagi sanoat materiali deb e'tirof etilmoqda. Keramikadan mashinasozlikda, konstruksion materiallar tayyorlashda, elektronika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib borayotgani hammaga ma'lum.
Kompozitlar asos (matritsa) va to'ldirgichdan iborat bo'lib, zamonaviy materiallar orasida o'ziga xos o'rin tutadi. Ularda asos sifatida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishlatiladi. To'ldirgichlar sifatida esa metall va uglerod tolalari, qiyqimlari, kukunlari ishlatiladi. Yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo'lgan kompozit materiallar odatdagi materiallardan besh barobar pishiq bo'lib, aviatsiya va kosmik texnologiyalarda qo'llanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ilmiy-texnika rivojlanib borishida kimyo fani va sanoatining ahamiyati beqiyosdir.
Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning rivojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg'i-energiya komplekslari ta'minoti, mashinasozlik va metallurgiya, transport va qurilish, kundalik iste'mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog'liq xalq xo'jaligi muammolarini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Kimyo butun xalq xo'jaligining ilmiy-texnik taraqqiyotiga inqilobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |