Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. «Shisha va undan yasalgan mahsulotlar» to'plami bilan tanishish va ishlash
Sizga berilgan har xil turdagi shisha namunalari va shishadan yasalgan har xil buyumlarni ko'rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq Sizga berilgan namunalar shishaning qaysi turiga kirishini aniqlang.
Siz ko'rib chiqqan buyumlarni tayyorlashda shishaning qanday o'ziga xos xossalaridan foydalanilganligini izohlab bering.
4-laboratoriya ishi
Metallar namunalarini ko'zdan kechirish Berilgan metall namunalarini ko'rib chiqing va ularning nomini ayting.
Sizga berilgan metallarning suyuqlanish harorati va qattiqligini ma'lumotnoma jadvalidan foydalanib aniqlang.
Metallarning issiqlik o'tkazuvchanligini taqqoslash uchun temir va misdan yasalgan ikkita bir xil plastinka olib, ikkala plastinkaning bir uchiga parafin bo'lagini joylashtiring. So'ngra bu plastinkalarning ikkinchi uchini gorelka alangasiga tuting. Kuzatish asosida qaysi metallning issiqlik o'tkazuvchanligi yuqori ekanligini aniqlang.