Fan : Kimyo. Sana



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə148/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Yangi mavzuni bayoni: 

Organik birikmalar orasida karbon kislotalar sinfi alohida o'rin tutadi. Karbon kislotalar vakillari: sirka, vino, limon, olma, shovul kislotalari ajdodlarimizga juda qadimdan ma'lum.



  • Karbon kislotalar deb, molekulasida uglevodorod radikali bilan (chumoli kislotada vodorod) tutashgan bir yoki bir nechta karboksil -COOH guruh tutgan murakkab organik birikmalarga aytiladi.

  • Karboksil guruh karbonil guruh >C=0 va -OH gidroksil guruhlardan iborat.

Karbon kislotalaming umumiy formulasi R-COOH bo'lib, R- uglevodorod radikalini bildiradi (chumoli kislota H-COOH da karboksil guruh vodorod bilan birikkan). Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga ko'ra karbon kislota tarkibidagi uglerod soniga tegishli uglevodorod nomiga kislota so'zi qo'shib nomlanadi. CH3COOH da ikkita uglerod bor, demak, etanga to'g'ri keladi, kislota nomi esa etan kislota deb yuritiladi. Ko'pincha dastlabki karbon kislotalar trivial-tarixiy nomlari bilan yuritiladi: chumoli, sirka, moy, shovul, sut, vino, limon va boshqa kislotalar.

Fizik xossalari. Karbon kislotalar orasida aldegidlarga o'xshab gazsimonlari yo'q. Karbon kislotalar qatorining quyi vakillari palmitin kislotasigacha o'tkir hidli, suvda yaxshi eruvchan, suyuq moddalardir. Yuqori vakillari-palmitin kislotadan boshlab, qattiq, hidsiz, suvda erimaydigan moddalardir. Kimyoviy xossalari.



Kislotalik xossalari:

  • Karbon kislotalarning suvdagi eritmalari nordon ta'mga ega.

  • Lakmus va metil zarg'aldog'ini qizil rangga bo'yaydi.

  • Elektr tokini o'tkazadi.

  • Metallar bilan ta'sirlashadi, bunda vodorod ajralib chiqadi.


  • Yüklə 1,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin