Fan : Kimyo. Sana


Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə144/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:  ~ Aldegidlar deb, molekulalarida uglevodorod radikah bilan karbonil funksional guruhi tutgan birikmalarga aytiladi (metanalda vodorod bilan birikadi). ~ Aldegidlarning umumiy formulasi R-CHO.Sinflanishi va nomlanishi. Aldegidlarning trivial nomlari tegishli karbon kislotaning lotincha nomiga aldegid so'zi qo'shilishi bilan yasaladi. Xalqaro nomenklaturaga ko'ra aldegid nomi tegishli uglevodorod nomiga al-suffiksi qo'shib hosil qilinadi. Uglevodorod zanjiri funksional guruh uglerodidan boshlab raqamlanadi (metanal, 2 - metilpropanal). Izomeriyasi. Aldegidlarda zanjir izomeriyasi kuzatiladi: Elektron tuzilishi. Aldegid molekulasida a-va z-bog'lar mavjud. Karbonil guruhdagi uglerod atomi sp'-gibridlangan holda bo'ladi (karbonil guruhning barcha atomlari bir tekislikda yotadi va ular orasidagi valent burchak 120' ni tashkil etadi). Karbonil guruh uglerod atomi boshqa uglerod atomi, kislorod atomi vodorod atomi bilan uchta gibrid a-bog' bilan va faqat kislorod atomi bilan bitta z-bog' bilan bog'langan. z-bog' uglerod atomining gibridlanmagan p-electrons va

kislorodning juftlashmagan p-electrons hisobiga vujudga keladi. U a-bog' tekisligiga nisbatan perpendicular joylashadi. Shunday qilib, karbonil guruhdagi uglerod va kislorod alkenlardagi kabi qo'shbog' (a + z) bilan bog'langan. Karbonil guruhda uglerod va kislorod atomlari orasidagi bog' spirtlardagidan ko'ra kuchliroq qutblangan. Bu ikki >~ ~~O sababga ega, birinchidan, z-bog' a-bog'ga nisbatan R - C harakatchan va shuning uchun oson qutblanadi. Ikkinchidan, karbonil guruhda kislorod elektronlarni faqat uglerod atomidan

tortsa, spirtlarda ham ugleroddan, ham vodoroddan tortadi. Karbonil guruhda uglerod musbat zaryadga, kislorod manfiy zaryadga ega. Karbonil guruhning qutbliligi natijasida aldegidlar katta reaksion qobiliyatga

ega bo'ladi. Fizik xossalari. To'yingan alifatik aldegidlar C„H>„,-CHO umumiy formulaga ega gomologik qatorni tashkil miladi. Chumoli aldegidi - gaz, keyingi vakillar-suyuqlik, yuqori aldegidlar - qattiq moddalardir. Chumoli aldegidi o'tkir hidli, zaharli modda. 40% chumoli aldegidi tutgan suvli eritmasi formalin deb ataladi.

Quyi aldegid va ketonlar suvda yaxshi eriydi, molecular massa ortishi bilan ularning eruvchanligi kamayib boradi. Kimyoviy xossalari. Aldegidlar quyidagi kimyoviy reaksiyalarga kirishadi:

  1. Birikish reaksiyalari. 2. Oksidlanish reaksiyalari. 3. Polimerlanish reaksiyalari. 4. Polikondensatsiya reaksiyalari. Kumush (I)-oksidning ammiakdagi eritmasi bilan qo'shib qizdirilganda aldegidlar karbon kislotaga aylanadi va ajralib chiqqan kumush idish devorlariga o'tiradi. Bu reaksiya «kumush ko'zgu» reaksiyasi deb ataladi hamda aldegidlarning sifat reaksiyasi bo'lib hisoblanadi:


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin