Yangi mavzuni bayoni: Polisaxaridlar tirik olamning asosini tashkil etgan moddalar sinfi bo'lib, o'simlik organizmlarining asosiy qurilish materiali va oziq zaxiralari aynan polisaxaridlar hisoblanadi.
Kraxmal
Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Kraxmal - oq rangli kukun modda, sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi. Qaynoq suvda bo'kadi va kolloid eritma - kleyster hosil qiladi.
Kraxmal eng ko'p tarqalgan o'simlik uglevodi hisoblanadi; u barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'ladi va ildizlarda, ildiz tugunaklarida, urug' va don larda to'planadi:
kartoshka tugunaklarida 20% atrofida;
bug'doy va makkajo'xori donlarida 70% atrofida;
guruchda 80% atrofida.
Yod bilan ta'sirlashuv. Yod bilan ta'sirlashganda kraxmal ko'k rangga kiradi, bu esa kraxmal va yod uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi.
Selluloza
Dostları ilə paylaş: |