Yangi mavzuni mustahkamlash : Quyidagi o'zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarning tenglamalarini yozing: A14C3 — CH4 CH3Br C2H6 C02 -» CO -» CH4 -» C
Ohaktosh va zarur reaktiv hamda jihozlardan foydalanib sirka etil efirni, geksaxlorotsik- logeksanni hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
Tarkibida 40% uglerod, 53,34% kislorod va 6,66% vodorod bo'lgan modda bug'ining vodorodga nisbatan zichligi 30 ga teng. Modda metallar, metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qilishi ma'lum bo'lsa, uning formulasini va tuzilishini aniqlang.
Oq va qizil fosfor faqat fosfor atomlaridan tashkil topgan moddalar bo'lsa-da, ularning turlicha fizik xossalarga ega ekanligini tushuntirishga harakat qiling.
Vodorodga nisbatan zichligi 13 ga teng bo'lgan uglevodoroddan toluol (metilbenzol) hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
Quyida berilgan moddalarning har birini o'ziga xos reaksiyalar yordamida qanday aniqlash mumkin: benzol; stirol; sirka aldegid; sirka kislota; toluol.
Propinning trimerlanishidan qanday modda hosil bo'ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Butanol-1 dan qanday qilib butanol-2 olish mumkin. Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
1 tonna oddiy shisha tayyorlash uchun zarur bo'ladigan xomashyolar miqdorini aniqlang.
Chumoli kislota metil efiri bilan sirka kislota bir xil kimyoviy tarkibga ega bo'lsa-da, ular turli moddalardir. Ularning turli sinflarga mansubligini tasdiqlovchi qanday hossalarini aytib bera olasiz? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.