Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Kimyoviy moddalarning ko'pi kimyo korxonalarida ishlab chiqariladi. Masalan, azotli, fosforli va kaliyli mineral o'g'itlar, nitrat, fosfat va sulfat kislotalar, qora va rangli metallar, neft, toshko'mir va tabiiy gaz mahsulotlari kimyo korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlardir.
Xomashyo kimyoviy tarkibining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan bir qator jarayonlarni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish korxonalari - kimyoviy ishlab chiqarish korxonalaridir. Bunday korxonalardagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlami kimyoviy texnologiya o'rganadi.
Demak, kimyoviy texnologiya kam xomashyo va energiya sarflash bilan xomashyoni qayta ishlab, sifatli mahsulot tayyorlash usullarini o'rganuvchi fandir.
Har bir kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni asosida bir qator kimyoviy reaksiyalar yotadi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, kimyoviy reaksiyalar tezligiga ta'sir etuvchi omillar, kimyoviy muvozanat, kimyoviy muvozanatni siljituvchi omillar haqida fan, kimyoviy kinetikaning nazariy asoslarini kimyoviy texnologiyaga tatbiq etish, uni jadal suratlar bilan rivojlantirish demakdir.
Siz ko'mir, oltingugurt, kolchedanning yonishi kabi qaytmas reaksiyalarni, oltingugurt (IV)-oksidni oksidlash, azotni vodorod bilan bog'lash, ammiakni oksidlash kabi qaytar reaksiyalarning borish qonuniyatlari bilan tanishgansiz. Bu reaksiyalarni sanoat miqyosida amalga oshirish uchun optimal sharoit tanlash esa texnologik jarayonning asosiy vazifasidir.
Namunaviy misollar:
A qattiq modda suv bilan o'zaro ta'siri natijasida to'yinmagan gazsimon moddani, undan esa suyuq holatdagi B organik kislotani hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing. A va B moddalarning nomlarini ayting.
Yechish: A modda kalsiy karbid bo'lishi mumkinligini inobatga olib uning suv bilan o'zaro ta'siri natijasida gazsimon to'yinmagan uglevodorod asetilen olish mumkin. Asetilendan esa kumush (I)-oksidning ammiakli eritmasi ishtirokida suv bilan reaksiyasi natijasida sirka aldegid, undan esa sirka kislota hosil bo'ldi:
Dostları ilə paylaş: |