Kimyo fani o’qituvchisi: М.Мирзамова Ilmiy bo’lim mudiri :____________Р.Рахимова
2-amaliy ish
«Ishqoriy metallar» va «Kalsiy» mavzulari bo'yicha tajribaviy masalalar yechish To'rtta raqamlangan probirkada: a) natriy xlorid; b) natriy gidroksid; d) natriy karbonat; e) natriy nitrat berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini aniqlang.
To'rtta raqamlangan probirkada: a) kaliy xlorid; b) kaliy karbonat; d) kalsiy karbonat; e) kalsiy xlorid berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz berilganini aniqlang.
Sizga berilgan ikkita probirkada rangsiz eritmalarning qaysi biri kaliy gidroksid, qaysi biri kalsiy gidroksid eritmasi ekanligini aniqlang.
Quyidagi o'zgarishlarni amalga oshirish uchun imkon beradigan reaksiyalar tenglamalarini yozing:
Ca(OH), CaC03 Ca(HC03)2 CaC03 CaCL,
Yuqorida ko'rsatilgan barcha tajribalarning reaksiya tenglamlarini molekular, to'liq va qisqa ionli ko'rinishda yozing.
Ohakli suvning tiniq eritmasidan 2-3 ml oling. Eritma loyqalangunga qadar uglerod (IV)- oksid o'tkazing.
Loyqalangan eritmani uchta probirkaga bo'lib oling:
1-probirkaga ohakli suv quying;