Yangi mavzuni bayoni:
1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:
"Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq boiadi". Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834-1907) Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Elementlar davriy jadvalining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif etgan.
Ø 1869-yilda D.LMendeleyev davriy qonunni kashf etdi. Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi. 9-jadvalda ba’zi elementlarning eng muhim birikmalaridagi valentliklari qayd etilgan. D.I. Mendeleyev olib borgan amaliy va nazariy tadqiqotlari asosida elementlarning atom massasi ortib borishi bilan ularning xossalari ham davriy ravishda o‘zgarib borishini aniqladi.
Vodoroddan boshlab atom massalari ortib borishi tartibida joylashtirib borsak, litiydan boshlanib har to‘qqizinchi element birinchi elementning xossalarini takrorlashi ko‘rinadi. Davriy qonun hozirgi vaqtda quyidagicha ta’riflanadi. — Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkah moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrosi zaryadiga davriy ravishda bog‘liq.
1911-yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Ø Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor. Ø Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. Ø Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Ø Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng.
Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, xp bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi 1 ga teng. Neytron \n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik? demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz. zaryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elektronni e bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Ø Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan yadro qobig‘idan iborat. Ø Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi. Ø Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton boladi. Zaryadi +7, massasi 1a.m.b. Uning yadrosi atrofida 1 ta elektron harakat qiladi. Ø Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng: Ar=N + Z
N — neytronlar soni, Z — tartib raqami (ptotonlar soni). Demak, atom musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarra-cha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng boigan sondagi yadro atrofida harakatlanu-vchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir
Dostları ilə paylaş: |