Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Tabiatda uchrashi. Natriy va kaliy tabiatda keng tarqalgan bo'lib, faqat birikmalari shaklida ko'plab tog' jinslari va minerallar tarkibiga kiradi. Natriy xlorid (osh tuzi) ko'l, dengiz va okean suvlarida, ayrim joylarda esa toshtuz shaklida yer ostida 100 m qalinlikkacha bo'lgan qatlamlar tashkil qilgan holda uchraydi. Glauber tuzi Na1S04-10H10 va Chili selitrasi NaN03 ham natriyning tabiatda ko'p uchraydigan birikmalaridir. Silvinit KCl-NaCl, karnallit KClMgCL/6fi,0 minerallari tarkibiga kaliy ham kiradi va u barcha o'simliklarda uchraydi. O'zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi. Toshtuz (natriy xlorid) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi. Borsakelmas toshtuzidan Qo'ng'irotda soda ishlab chiqarilmoqda. Olinishi. Sanoatda natriy va kaliy ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, natriy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatsiyalanadi: NaCl = Na+ + CI Doimiy tok o'tkazilganda bu suyuqlanmadagi natriy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi. Na+ + e —> Na° CF- e Cl°; CI + CI ^ CI,
Fizik xossalari. Natriy va kaliy - yumshoq, kumushrang metallar. Ularning zichligi va suyuqlanish harorati yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan. Tipik metallar kabi natriy va kaliy yuqori elektr va issiqlik o'tkazuvchanlikka, metall yaltiroqligiga, plastiklikka ega. Natriy va kaliy ionlari alangani o'ziga xos rangga bo'yaydi: natriy-sariq rangga, kaliy-och binafsharangga kiritadi. Bu xususiyatdan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi. Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na202 va K02 (yoki K204) hamda qo'shimchalar sifatida Na,0, K,0 hosil bo'ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo'shib qizdirib olinadi): Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanadi. Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Natriy va kaliyning boshqa metallmaslar bilan ta'siridan tuzlar hosil bo'ladi:2Na + CI, 2NaCl natriy xlorid 6K + N2 2K3N kaliy nitrid 2K + H, 2KH kaliy gidrid Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M,Sn tarkibli sulfidlar olinadi. 2Na + S -*- Na,S natriy sulfid 2Na + 2S Na,S, natriy disulfid 2K + 5S K,S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog'li qattiq moddalar. Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H,0 2NaOH + H,|; 2K + 2fi,0 2KOH + HJ Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, HVS, HvS04 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi:
2K + 2HC1 2KC1 + HJ Eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan ko'plab birikmalari bor. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, NaOH, KOH, LiOH, RbOH, CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi.
Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin. Na,0 + H,0 = 2NaOH Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi. 2NaCl + 2HJ) elektroUz > 2NaOH + CU + eritmada anodda katodda
Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |