Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
səhifə 6/7 tarix 01.12.2022 ölçüsü 129,5 Kb. #71757
10901 5100000Касб таълими (Таълимда ахборот технологиялари)Фан дастури
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
ma’ruzalar qismini mustaqil o‘zlashtirish;
elektron darsliklar va o‘quv ko‘llanmalar, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash ;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash ;
yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalarni o‘rganish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy ta’lim.
Tavsiya etilayotgan mustakil ishlarning mavzulari:
Tizim, asosiy tushuncha va ta’riflar.
Axborot texnologiyalari evolyusiyasi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi.
Boshqaruvda axborot texnologiyalari.
Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari
Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari
Shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari
O‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularni sifatini baholash
O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini va o‘quv muassasasi tashkiliy- boshqaruv tizimini avtomatlashtirish
Ta’limiy Internet resurslar va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish.
Elektron o‘quv-metodik materiallar majmuasi , uning tuzilmasi va tarkibi
Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari va kelajagi.
Dostları ilə paylaş: