Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, misr, yapon, koreys hamda O`rta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular g’arb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Sharq falsafasini o’rganishda avvalambor ushbu hududlarda shakllangan falsafaga e’tibor berish darkorki, ushbu falsafiy fikrlar g’arbga o’z ta’sirini ko’rsatgandir.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan.
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan.
Zardo‘shtiylik ta’limoti.Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo‘shtiylikdir.