Lukresiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan.
Dualizm — gnostisizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir.
«Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar.
Farbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354-430) bo‘lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo‘lgan.
«Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar.
Sharqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi.
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir.
Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘’tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lgan.
Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir.
Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud.
Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma’lumki, fan tarixida Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosalar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir. Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar.
Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan Farbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada XVI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XVII asrning 40-50 - yillarida bo‘lib o‘tdi.
Uyg‘onish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg‘or taraqqiyot davrlaridan biri edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur. Mintaqamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo‘rlik bilan qo‘shib olindi a bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin Sho‘rolar davrida )adidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto
uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo‘ldi.
O‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bular Muna var qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon na boshqalardir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo‘1ib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso- layi jug‘rofıyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom ,
«Risolai jug‘rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh- budiy ko‘plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil- di, nashr ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar o‘rin olgan.
XX asrning boshlaridan 80 — yillarning oxirigacha dunyoning juda katta hududida hukmronlik qilgan bu mafkura sobiq Ittifoq tarqalishi bilan uning hududida o‘z ustuvorligini yo‘qotdi. Uning katta salbiy oqibati ayniqsa o‘tmish madaniy va falsafiy merosiga bo‘lgan munosabatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu falsafaning metodologik prinsiplari — sinfiylik va partiyaviylik xolis xulosalar chiqarishga imkon qoldirmas edi. ularga mos kelmaydigan har qanday ta’limot qoralanar, hatto butunlay inkor qilinardi.