Fan: Geoaxborot texnologiyala ri 102-19 – guruh talabasi. Bajardi: Mingliboyev A. Tekshirdi: Raxmonov H



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix12.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112270
1   2   3   4   5   6   7
2-mustaqil ish

Vektorli grafika. 
Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. 
Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli 
grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli 
grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan 
chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi. 
Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki 
bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmagan ravishda bo’ladi. Buning 
sababi xotirada chiziqning o’zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar 
saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va 
oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani 
ob`ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak 
hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun 
uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani 
hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (ob`ektni) ekranga 
chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi. 
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini o’rganish 
tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, to’g’ri chiziq 
uning kanonik ko’rinishi y=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, kesma esa mos 
ravishda boshlang’ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar 
ham mos ravishda o’z tenglamalariga ega. 
Vektorli grafika asosan illyustratciyalar yaratish uchun yo’naltirilgandir. 
Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va 
boshqa joylarda keng qo’llaniladi. 
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator 
7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin. 
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo’llash sohalari. 
Kompyuter grafikasi qo’llaniladigan asosiy sohalarni ko’rsatib o’tamiz: 
Grafiklarni chizish; 
Kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni o’zaro chegaradosh 
mamlakatlar, viloyatlar, o’lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash; 
Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish; 
Modellashtirish va multiplikatciya; 
Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv 
rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga 


o’rnatilgan dastlabki axborot manbai bo’lgan o’lchagichlardan kelayotgan 
axborotlar qiymatini vizual idrok qilish; 
Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni elektron usuli
Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar 
orqali jamoani diqqatini tortish. 
1-rasm. Ikki rastrli kartani katakchalar orqali avtomatik qiyoslash 


Mavzu 2; Radar sun'iy yo'ldosh tasvirlari. 
Reja; 
1. 
Radar tadqiqotlari 
2. 
Optik va radar tasvirining xususiyatlari 
3. 
Termal tadqiqotlar 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin