Fan: Geoaxborot texnologiyala ri 102-19 – guruh talabasi. Bajardi: Mingliboyev A. Tekshirdi: Raxmonov H



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix12.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112270
  1   2   3   4   5   6   7
2-mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 
VAZIRLIGI 
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti 
Samarqand filiali 
Labaratoriya ish-2 
Fan: 
Geoaxborot texnologiyala
ri
102-19 – guruh talabasi.
Bajardi: Mingliboyev A. 
Tekshirdi: Raxmonov H.
 
 
 
 
Samarqand-2022 


Mavzular 
1. 
Matritsali maʼlumotlar, vektorli va rastrli kartalar.
2. 
Radar sun'iy yo'ldosh tasvirlari.
3. 
Zamonaviy GIS paketlari. Tematik kartografiya.
Mavzu 1; Matritsali maʼlumotlar, vektorli va rastrli kartalar. 
Reja: 
1. Rastrli grafika 
2. Vektorli grafika 
3. Rastrli va vektorli grafikada tasvir yaratish 
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va 
fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib 
chiqarilishi bilan farqlanadi. 
Rastli grafika. 
Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda 
shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p 
bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va 
hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish 
qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi 
nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati 
deyiladi. 
Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan 
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. 
Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran 
dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni 
tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash 
qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p 
joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 
1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi. 
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga 
olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni 
egallaydi. Bunday ma`lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e`tiborga 
olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, 
videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos 
ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi. 
Rastli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni 
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar 
o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir 
tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin. 


Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. 
Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli 
foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng 
tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan 
foydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur 
vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq 
ko’rinishda bo’lishini ta`minlaydi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin