Fan: Informatika №1 Sana



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə23/29
tarix30.11.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#71357
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Dars ishlanmalari

Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinfni darsga tayyorlash;
II. Takrorlash.

    1. Obyekt, uning tavsifi va tavsif qiymati haqida misollar asosida so‘zlab bering.

    2. Model deb nimaga aytiladi?

    3. Matematik model deb nimaga aytiladi? Matematik modellar qanday sohalarda qo‘llaniladi?

    4. Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.

    5. Modellar necha turga bo‘linadi?

III. Yangi mavzuni o`rganish
Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hilma-xil misollar keltirish mumkin.
1–misol. Choy damlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi:

  1. choynak qopqog‘i ochilsin;

  2. choynak qaynoq suv bilan chayilsin;

  3. choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;

  4. choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;

  5. choynak qopqog‘i yopilsin;

  6. choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.

2 – misol. Eni N metr va bo‘yi M metr bo‘lgan joyni to‘ldirishga 12 25 santimetrli (eni 12 santimetr va bo‘yi 25 santimetr) g‘ishtdan necha dona sotib olinishini topish kerak bo‘lsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:

    1. joyning yuzasi Sjoy santimetr o‘lchov birligida topilsin;

    2. bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘isht santimetr o‘lchov birligida topilsin;

    3. g‘ishtlar soni Sson joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin.

Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:
.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin