Matematik model deb nimaga aytiladi? Matematik modellar qanday sohalarda qo‘llaniladi?
Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.
Modellar necha turga bo‘linadi?
III. Yangi mavzuni o`rganish Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hilma-xil misollar keltirish mumkin.
1–misol. Choy damlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi:
choynak qopqog‘i ochilsin;
choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.
2 – misol. Eni N metr va bo‘yi M metr bo‘lgan joyni to‘ldirishga 12 25 santimetrli (eni 12 santimetr va bo‘yi 25 santimetr) g‘ishtdan necha dona sotib olinishini topish kerak bo‘lsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:
joyning yuzasi Sjoy santimetr o‘lchov birligida topilsin;
bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘isht santimetr o‘lchov birligida topilsin;
g‘ishtlar soni Sson joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin.
Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:
.