Retsept quyidagi qismlardan iborat: 1. Meditsina muassasasining shtamp va shifri.
2. Retsept berilgan sana.
3. Bemorning ismi, sharifi.
4. Bemorning yoshi.
5. Vrachning ismi sharifi.
6. Vrach murojaati va dori-darmonning miqdori.
7. Bu lotincha qismda vrachning farmatsevtga dori shakli, uning dozasi, upakovkasi va dorini berish haqidagi aniq ko’rsatmasi yozilib, Recipe – Ol so’zi bilan boshlanadi.
8. Signa so’zi va vrachning dorini qabul qilish usuli haqidagi kasalga ko’rsatmasi yoziladi.
9. Vrachning shaxsiy imzosi va muhri.
Retsepdagi qo’shimcha quyidagi yozuvlar blankaning o’ng tomonida yuqori qismida yoziladi: 1. Cito – Darhol! yoki Statim – Tezlik bilan! (bemorga dori-darmonni shoshilinch berilishi zarurligini ko’rsatadi.)
2. Repete! – Takrorla yoki Bis repetatur! – Ikki marta takrorlansin! yozuvlari uzoq davom etuvchi davolanishda dori darmonning bir necha bor takrorlanishi kerakligini bildiradi.
Test savollari
Quyidagilardan yordamchi so`z turkumini toping.
Ot c. Olmosh
Son d. Fe’l e. Yuklama
Lotin tilida fe’llar necha turda tuslanadi?
4 ta c. 2 ta
3 ta d. 5 ta e. 6 ta
I-turda tuslanishga kiruvchi fe’llar qanday `oshimcha bilan tugaydi?
ere c. ero
are d. era e. uro
IV – turda tuslanishga kiruvchi fe’llar qanday qo`shimcha bilan tugaydi?
ero c. ire
are d. era e. uro
Fe’lning noaniq shaklidan qaysi qo`shimcha olib tashlashga birlik son hosil bo`ladi?
da c. uro
are d. ire e. re
Fe’lning ko`plik sonini hosil qilish uchun birlik soniga qaysi qo`shimchani qo`shish kerak?
a. ito c. ete
b. eto d. ite e. rate
Fe’lning negizini ko`rsating?
misce c. solvere
dare d. audire e. amare
Fe’lning noaniq shaklini ko`rsating?
salvere
misce
da
audi
cura
Lotin tilida nechta mayl mavjud?
2 ta
3 ta
4 ta
5 ta
6 ta
Majhullik nisbati III – shaxs birlik sonini hosil qilish uchun qo`shimcha qo`shiladi?