Fan: lotin tili


Retseptlarda shart mayli uchinchi shaxs birlik va ko‘plik sonlarida ishlatiladi. Masalan



Yüklə 491,12 Kb.
səhifə2/4
tarix12.09.2022
ölçüsü491,12 Kb.
#63567
1   2   3   4
Fe`l lotin tili

Retseptlarda shart mayli uchinchi shaxs birlik va ko‘plik sonlarida ishlatiladi. Masalan:
Dividatur in partes aequales — teng qismlarga bo‘linsin!
Dentur tales doses numero... — shunday miqdor (son)... da berilsin.
Lotin tilida fe’llarning ikkita nisbati bor:
aniqlik nisbati (Activum)
majhullik nisbati (Passivum)
Aniqlik nisbatidagi fe’lda ish-harakat shaxs tomonidan bajariladi, to‘ldiruvchi esa, harakatning obyekti bo‘ladi. Aniqlik nisbati uchinchi shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga -t, ko‘plik sonini hosil qilish uchun esa -nt qo‘shimchasini qo‘shish lozim. Masalan: Medicus aegrotam curat — Shifokor bemorni davolayapti.
Majhullik nisbatida harakat to‘ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilib, haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi. Majhullik nisbati uchinchi shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga -tur, ko‘plik sonida esa -ntur qo‘shimchasini qo‘shish kerak. Masalan: Aegrotus ab medicis curantur — Bemor shifokorlar tomonidan davolansin.
Activum'>I tuslanish
Dare — bermoq (negizi — da)
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni Dat — u beryapti
Uchinchi shaxs ko‘plik soni dant — ular berishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni datur — berilsin
Uchinchi shaxs ko‘plik soni dantur — berilsin
II tuslanish
Miscere — aralashtirmoq (negizi — misce)
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni misceat — u aralashtiryapti
Uchinchi shaxs ko‘plik soni miscent — ular aralashtirishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni miscetur — aralashtirilsin
Uchinchi shaxs ko‘plik soni miscentur — aralashtirilsin
III tuslanish
Fe’l negiziga birlik sonda -i, ko‘plikda -u unli harflari qo‘shiladi.
Solvere — eritmoq (negizi — solv).
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni solvit — u erityapti
Uchinchi shaxs ko‘plik soni solvunt — ular eritishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni solvitur — eritilsin
Uchinchi shaxs ko‘plik soni solvuntur — eritilsin

Yüklə 491,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin