Uyga vazifa
Mavzuni o’rganib kelish
“TASDIQLAYMAN”: O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Fan: Mehnat ta’limi
Darsning mavzusi: Texnologik jarayon haqida tushuncha
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar nazariy bilimlar berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berish va estetik didni shakllantirish.
s) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning shaxsiy psixologik xususiyatlari diqqati va xotirasini rivojlantirish
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda foydalaniladigan metodlar: An’anaviy
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali va didaktik materiallar :rasm va chizmalar
Darsning tarkibi
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlsh, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash,
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Qurulish nima? Yashab turgan joyingizda qanday qurilshlar bo’layapti?
Binolar qanday klassifikasiyalanadi?
2. Quriladigan binolar va inshootlar o'z vazifasiga aniq mos kelishi va qanday talablarni qondirishi lozim ?
3.Mexanik ishlov berish nima?
4.To’qimachilik ishlab chiqarishni avtomabilsozlik, priborsozlik, stanoksozlik, elektro va radio texnika, elektronika bilan bo’liqligini misollar asosida izohlnag.
Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida qo’llanaladigan xom ashyo, material yoki yarimfabrikatni qayta ishlash, tayyorlash, ularning holatini, xossalari va shaklini o’zgartirish usullarining mazmunini tushuntiradi. Odatda texnologiya konkret ishlab chiqarish bilan bog’lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, po’lat eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hokazolarnning texnologiyasi bir-biridan farqlanadi.
Juda ko’p texnologik jarayonlar mavjud bo’lib, ularning har biri o’z strakturasi va xusiyatlariga ega. Lekin bir qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy bo’lgan qator usullar mavjud: mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullardir.
Mexanik (fizik-mexanik) usul mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish, chunonchi, materiallarni kesish, qirqish, detallarni vintlar, mix parchinlar bilan biriktirish, prislash orqali amalga oshadigan texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Kimyoviy usul bilan mehnat predmetiga ximyaviy reaksiyalar hisobiga o’zgaradigan texnologik jarayonlaramalga oshiriladi. Bu usul bevosita ximiya sanoatida emas, balki xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ham ishlatiladi. Elektro texnika sanoatida ayrim elektroizolatsiyan va o’tazgich materiallar tayyorlashda, qishloq xo’jaligida zararkunadalarga qarshi kurashishda, mashinasozlikda metallarni korroziyadan saqlashda ham keng qo’llaniladi.
Biologik usul mehnat predmeti jonli organizmlarda ro’y beradigan boiximyoviy jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda ro’y beradigan bioximyoviy jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, oziq-ovqat, ximiya, yengil sanoatda keng tarqalgan, shuningdek ular metallurgiyada ham o’rin olgan bo’lib, maxsus bakteriyalar yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganes, xrom) ajratib olish yo’llari topilmoqda.
Energetik usul energiyaning elektr yadro va boshqa turlarida bevosita foydalanish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, mis va layuminiy elektroliz yo’li bilan olinadi, ko’p detallar yuqori chastotali toklar bilan mustahkamlanadi.
Kombinatsiyalashgan usul. Qator materiallarni qayta ishlash texnologiyasi yuqoridagi ko’rib chiqilgan usullarning jamlammasiga tayyorlanadi. Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga himoyalovchi va dekarativ himoyalarni, elektro ximya metodi bilan surtishni ko’rsatish mumkin. Detallarga elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalshgan usulga kiradi, buning namunasi materiallarni elektronlar tutami bilan payvanlash va keshishdir.
Texnologik jarayon texnologik jarayonlardan tashkil topadi. Texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugallangan qismidir, uni ishchi (ishchilar gruppasi) uzliksiz bitta ish o’rnida buyum tayyorlash bo’yicha bajaradi. Mehnat ta’limi darslarida yog’ochga, metallga gazlamaga ishlov berish bo’yicha ayrim texnologik operatsiyalarni: rejalash, chizmaga qarab detallar tayyorlash, detallani yig’ish kabi ishlarni bajarganmiz.
Texnologik operatsiyalar o’tishlarga ajraladi. O’tish operatsiyaning qismlarga bo’linmaydigan inisturument (moslama)ni almashtirmay bitta yoki bir nechta ishchi tomonidan ish rejimini o’zgartirmay bajaraladigan tugal qismidir.
Ishlab chiqarish jarayoni
Tehnologik jarayon Yordamchi jarayon
(tashish, asbob uskuna-
larni remont qilish )
Tehnologik jarayon
Tehnologik jarayon
1-Texnologik 2- Texnologik n- Texnologik jarayon jarayon jarayon
Texnologik operatsiya
1-texnologik 2-texnologik n-texnologik
operatsiya operatsiya operatsiya
1 2 3…. N 1 2 ….n
Mustahkamlash uchun savollar
Texnologik jarayon nima?
Mexanik usul nima?
Kimyoviy usul nima?
Biologik usulga misol keltiring.
Energetik usullar qayerda foydalaniladi?
Texnologik operatsiya nima?
O’tish nima?
Dostları ilə paylaş: |