Fan: mhxs tayyorladi: omonturdiyev zokir


BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi



Yüklə 9 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü9 Kb.
#198806
1   2
FAN.MHXS.2

BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi Xo’jalik sub’ektining pul oqimlari to’g’risidagi axborot, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojlariga baho berish asosi sifatida foydalidir. Foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda buning muddati va aniqligiga baho berish talab etiladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak. Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir.
Operatsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari asosan xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi: BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar” BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o’zgartirish uchun mezonlarni o’rnatish hamda hisob siyosatidagi o’zgarishlar, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolarni tuzatishni hisobga olish tartibini va ularga tegishli oshkor qilinadigan ma’lumotni belgilashdan iboratdir. Ushbu Standart xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan axborotning o’rinliligi va ishonchliligi hamda bu moliyaviy hisobotlarining davrlaro va boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini oshirishga qaratilgan.
Mazkur Standart hisob siyosatini tanlashda va qo’llashda, shuningdek hisob siyosatidagi o’zgarishlarni, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlarni va oldingi davr xatolarini tuzatishni hisobga olishda qo’llanilishi kerak. Oldingi davr xatolarini tuzatishning va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni qo’llash uchun qilingan retrospektiv tuzatishlarning soliqlarga bo’lgan ta’siri MHXS 12 “Daromad soliqlari”ga muvofiq hisobga olinadi va oshkor etiladi. Qandaydir MHXS operatsiyaga, boshqa hodisaga yoki sharoitga aniq tegishli bo’lganida, unga nisbatan qo’llaniladigan hisob siyosati yoki siyosatlari ushbu MHXSni qo’llash bilan aniqlanishi kerak. Operatsiya, boshqa hodisa yoki sharoitga aniq tegishli bo’lgan MHXS mavjud bo’lmaganida, xo’jalik sub’ektining rahbariyati qo’yidagi xususiyatlarga ega bo’lgan axborotni shakllantiradigan hisob siyosatini ishlab chiqish va qo’llashda o’z hukmini chiqarishi kerak:
Hisob siyosatidagi o’zgarish retrospektiv tarzda qo’llanilishi kerak, bundan o’zgarishning biror-bir davrga tegishli ta’sirini yoki yig’ilgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno. Hisob siyosatidagi o’zgarishning taqdim qilingan bir yoki undan ortiq oldingi davrlar uchun qiyosiy ma’lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lganida, xo’jalik sub’ekti yangi hisob siyosatini retrospektiv qo’llashni amaliy iloji bo’lgan davrlardan eng birinchi davri, bu joriy davr ham bo’lishi mumkin, boshiga bo’lgan aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatiga nisbatan qo’llashi kerak, hamda ushbu davrdagi kapitalning ta’sir qilingan har qanday tarkibiy qismining boshlang’ich qoldig’iga tegishli tuzatish kiritishi lozim.
Yüklə 9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin