3 mavzu Mus o\'qitish met Умумдидактик мусиқий таълим тамойиллари
Musiqa idroki kishi hayoti tajribasini boyitadi, voqelikni badiiy his etib, bilish qobiliyatini o’stiradi, fikrlash xususiyatini rivojlantiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, musiqa san’atlar ichida o’ziga xos xususiyat va imkoniyatlarga ega. Musiqa kuylovchisi, ijrochisi ham bastakor belgilagan sur’at (temp)ga sozlanishi, shu maromda kuylashi shart. Aks holda jaranglayotgan musiqa va uning ijrochisi orasida uzilish hosil bo’lib, idrok buziladi. Ana shuning o’zi ham musiqa mashg’ulotlarida, ayniqsa onglilik va faollik nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Binobarin, o’quv materialini osondan-murakkabga va ma’lumdan-noma’lumga o’tish printsipi asosida bolalarning ongli musiqa idrokini, aktivligini rivojlantirish yo’li bilangina ularning musiqa madaniyatini shakllantirish mumkin. Zero, mashhur pedagog-olimlarning «Bolalarni musiqaga qanday qiziqtirmoq kerak?» degan muammoni o’rtaga tashlashi bejiz emas. Darsda musiqa materialini ongli ravishda o’zlashtirishda ilmiylik muhim rol o’ynaydi, chunki u musiqa asarlarining nazariy asoslarini, ifoda vositalarini bilib olishga asosiy mezon hisoblanadi.

O’quvchilarning darsda onglilik va faolligi ayniqsa, aytim malakalarini shakllantirish uchun zarur. Bunda o’qituvchining tushuntirish vositalari maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalar nutq boyligiga mosligi, qo’shiqlar esa ular ovoziga mos tushishi shart. Notalarni o’rganishda esa onglilik va aktivlik musiqaning nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri o’rganish va o’zlashtirishni osonlashtiradi.