3. Musiqa darslarida ko’rsatmalilik: Bilimlarni qabul qilish va o’zlashtirishda barcha sezgi a’zolarining foaliyatini to’g’ri uyushtirish katta ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko’p ishtirok etsa, bilish shunchalik osonlashadi. Bu qonuniyat ancha ilgari Ya.A.Komenskiy, G.Pestolotsi, K.D.Ushinskiy kabi buyuk pedagoglar tomonidan asoslanib berilgan edi. Musiqa pedagogikasi fani namoyandalaridan biri N.L.Grodzenskayaning ta’kidlashicha: «Musiqa tarbiyasida musiqaning o’zi o’ziga ko’rgazmali vositadir. Chunki u ko’z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Masalan, o’qituvchi mashq yoki qo’shiq ohangini chalib, kuylab ko’rsatganda ohang va so’z asosan quloq bilan «ko’rib» qabul etiladi. Musiqa tinglaganda ham asar tahlilida ham ohang ko’rgazma sifatida chalib «ko’rsatiladi». O’qituvchining chalishdagi qo’l harakatlari, dirijyorligi, yuz ifodasi, doskaga ilingan qo’shiq plakati, mashq yozuvi ham ko’rgazmali vositadir, ammo u musiqa sadosi ko’rgazmaliliga yordamchi, ikkinchi darajali vositadir. Buni shu bilan isbotlash mumkinki, musiqani ko’zi ojiz kishi idrok etadi; ammo u tasviriy san’atni idrok etolmaydi, tabiat go’zalligini ko’rolmaydi, ularni musiqa tasvirida tasavvur qilishi mumkin.
4. Musiqa materialining bolalar bilimiva malakalariga mosligi printsipi:
4. Musiqa materialining bolalar bilimiva malakalariga mosligi printsipi:
Mazkur printsip asosan dasturdan o’quv materiallarini va bu materiallar asosida dars mazmuni tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobga olinishi shart.
Har bir sinf o’quvchilarining bilim va malakasini hisobga olib, darsning yillik taqvimiy rejasini tuzish uchun musiqa darslarining o’quv dasturida o’qituvchi uchun asarlarni tanlash imkoniyati beriladi. Mazkur xususiyat bilan ham musiqa darsi boshqa fan darslaridan farq qiladi. Bunda qo’shiq kuylash, tinglash uchun asarlar, vokal-aytim mashqlari, musiqa savodi materiallari, asarlar tahlili uchun atamalar va bastakorlar ijodiga xos ma’lumot hamda dalillar hayotiy misollar bilan bolalarning bilim, malakalariga mos holda tanlanadi hamda dars rejalari tuziladi.
Agar boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini mutaxassis o’qituvchi olib bormagan bo’lsa, tabiiyki dastur o’zlashtirilishi ko’pincha bir tomonlama- u ham bo’lsa, asosan qo’shiq o’rganish bilan kifoyalangandir. Demak, bolalarning bilim darajasi va musiqa malakalari orqada qolgan, shuning natijasida ular 5-sinf o’quv materiallarini o’zlashtirishga qiynaladilar. Bunday holda o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quv materiallarining eng asosiy va zaruriy qismlarini o’quv yilining birinchi yarmida «tezlashtirib o’qitish metodlari» bilan o’tib olib, so’ng 5-sinf materiallarini o’tishga boshlaydi.
Umuman olganda mazkur didaktik printsip barcha sinflarda darsga tayyorgarlik ko’rish jarayoni va uni sinfda amalga oshirish vaqtida qo’llanilib boriladi.