Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi.
1. Birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi.
2. Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.Musiqiy faoliyat turlari.
3.Umumiy o‘rta ta’limning musiqa madaniyat fani yo‘nalishidagi Davlat ta’lim standartlar va DTS dasturni mazmuni.
4. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar.
Birinchi sinf o‘quvchilariningumumiy pedagogik va musiqiy tavsifnoma xususiyatlari qo‘yidagilar: - to‘liq shakllanmaganlik, organizmining nozikligi. bir xil holatda turish, bir xil faoliyat bajarish jarayonida, o‘qituvchining ohangsiz nutqi, darslarning bir qolipda o‘tilishidan tez charchab qolishlari; - diqqatlarining tarqkoqligi, aqliy faoliyat jarayonida yo‘naltirilganlik, tizimlilik malaka-larining yetishmasligi; - yorqin xotira, erkin diqqatlarining qo‘lami torligi, ya’ni dars jarayonida tez-tez faoliyatlarni o‘zgartirib turish kerak; - aniq va yorqin mazmunli tasavvurga ega bo‘lishlari, o‘yinga moyillik, eng murakkab qo‘llanmalar ham o‘yin orqali yengil o‘zlashtiriladi. O‘yin o‘quvchilarning tasavvurlari, diqqati, xotirasi hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishini faollashtiradi. Kuzatishlariga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarining bilim darajalari bir tekis bo‘lmaydi. Ayrim bolalar bemalol musiqani boshidan oxirigacha tinglay oladi, qo‘shiqlarni sof intonatsiyada kuylaydi, ayrim bolalar esa aksincha tinglash va to‘g‘ri kuylash haqida tasavvurga ham ega bo‘lmaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgunlariga qadar, musiqa to‘garaklariga qatnashgan va maktabgacha ta’lim tashqilotlarida musiqiy tarbiya olgan bo‘ladilar. Ayrim bolalar musiqiy muhitda tarbiyalangan bo‘lsalar, ba’zilari umuman musiqadan behabar bo‘ladilar. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, birinchi sinf o‘quvchilari har xil xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Shunga qaramay, biz ularning ayrim umumiy qiyofalarini sanab o‘tamiz: 1.Musiqani idrok etish borasida ular qo‘shiq, marsh va raqs janrlarini idrok eta oladilar. Birinchi sinf o‘quvchilari tinglaydigan kuy va qo‘shiqlar hajmi jihatidan kichik va yorqin bo‘lmog‘i hamda tinglashdan avval o‘qituvchi uning ifodaviyligi, musiqiy ko‘rinishlari, ma’no va mazmuni haqida tushunchalar berishi kerak. 2.Kuylash borasida, birinchi sinf o‘quvchilari avvalgi maktabgacha bo‘lgan davrga musiqiy tayyorgarliklariga bog‘liq. Tayyorgarligi bo‘lmagan bolalarning ovoz diapazoni 2-3 tovushdan, tayyorgarligi bor bolalarda bir oktavagacha ovoz diapazoni rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi kuylash jarayonida bolalarning ovoz apparati to‘liq shakl-lanmagan, nozik, ovoz paychalari ingichka bo‘ladi. Shuning uchun kuylash-da baqirmasdan ovozda kuylash kerak. Bu davrda 7 yoshli bolalalarning ovoz diapazoni re-lya birinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlarni qamrab boradi. Lekin, dars jarayonida bu diapazon ayrim hollarda birinchi oktavaning si va ikkinchi oktavaning do va re tovushlarigacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq o‘quvchilar birinchi oktava do tovushi va undan yuqoriroq tovushlarni kuylay olmaydilar. Chunki, ularning ovozlari tabiatdan jarangdor va yorqindir. 3.Ijodiy yondashish borasida birinchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari kengdir. Ular bemalol har xil ijodiy toshiriqlarni bajara oladilar. Ular biror so‘zga melodik va ritmik badihalar qilishlari mumkin. Ular musiqiy cholg‘u asboblarida yoki sahnaviy ko‘rinishlarda, tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni harakatlar va pantomimalar bilan ko‘rsatib bera oladilar. Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. Musiqiy idrok - musiqa tinglash faoliyati barcha musiqiy mashg‘u-lotlarning asosidir. Musiqiy tovush balandligi, uning ritmik suratini tinglamay kuylab bo‘lmaydi. Lekin, musiqa tinglash oson emas, Chunki, har bir musiqiy asarning mazmuni musiqaning ifoda vositalari orqali aks ettiriladi, doimiy rivojlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o‘rganish kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda - qo‘shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqiy cholg‘ularda jo‘r bo‘lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o‘rganish mumkin. «Musiqani sevish uchun, avvalambor, uni tinglay olish kerak...» - degan kompozitor D.Shostakovich. Musiqani idrok etish masalalariga bir qator rus olimlari N.Vetlugina, Ye.Gorskaya, G.Rigina, N.Grodzenskayalar murojaat qilganlar. Musiqani eshitish va tinglashni o‘rgatish 1-sinf o‘qituvchisi oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Avvalam bor o‘qituvchi musiqani boshqa san’at turlaridan farqi nimadaligini tushuntirib bermog‘i lozim. Musiqani xis qilish, anglash, tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida - kuy harakati, ritmik surati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur’at, dinamika, lad buyoqlari, ya’ni major va minor va boshqalarni bilishlari kerak. Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to‘rtta shartli bosqichlarda o‘tkaziladi: 1.Kirish so‘zi. 2. Asar ijrosi. 3.Tinglangan asar haqida suhbat. 4.Qayta tinglash. Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta’kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyatiga qarab bu bosqichlar qisqartirilishi yoki kengaytirilishi ham mumkin. Birinchi sinfda kuylash malakalari.Birinchi sinfda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musiqiy tovushlarni to‘g‘ri idrok etadigan, biroq to‘g‘ri kuylay olmaydigan o‘quvchilar ham uchrab turadi. Sinfda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo‘lganligi tufayli, o‘qituvchi barcha bolalarga mos keladigan usullarni qo‘llashi kerak. Qo‘shiq kuylashni o‘rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda, qo‘shiq ritmini sanagan holda ko‘zlangan maqsadga erishadilar. Bolalar ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘quvchilarni kuylatishidan avval qo‘shiqni o‘zi ijro etib berishi lozim. O‘qituvchi kuylash jarayonida nafas, talaffuz, ansambl, soz ustida ish olib boradi. Buning uchun o‘quvchilarni o‘qituvchini qo‘liga qarab, qo‘shiqni barobar boshlash va barobar tugatishlarini nazorat qilib borish kerak. Har qanday tovushni chiroyli, baqirmasdan, to‘g‘ri nafas olib, o‘ndoshlarga o‘nli tovushlarni qo‘shgan holda kuylash yaxshi natija beradi. Nafas olganda, "...xuddi gul xidlagandek," olish muhimdir, o‘quvchilar nafaqat o‘zlarini, balki, sinfdoshlarining ham kuylashini eshita olishlari kerak. Qo‘shiq kuylash jarayonida, musiqa tinglash jarayonida bo‘lgani kabi, o‘quvchilarga musiqa savodidan ma’lumotlar berib boriladi.