Fan nomi: Diskret tuzilmalar Fakultet


Misol 2. A: ”0 soni 1 sonidan kichik” B: “Bugun havo iliq”. Ta’rif



Yüklə 46,86 Kb.
səhifə3/4
tarix02.12.2022
ölçüsü46,86 Kb.
#71854
1   2   3   4
Ollaberganov Mirzoxid Diskret tuzilmalar mustaqil ish

Misol 2. A: ”0 soni 1 sonidan kichik” B: “Bugun havo iliq”.
Ta’rif 3. Sodda mulohazalardan mantiqiy bog`lovchilar yoki mantiqiy amallar yordamida hosil qilingan mulohazaga murakkab mulohaza deyiladi.
Misol 3. C: “7 tub son va 6 toq son”
D: “Oy Yer atrofida aylanadi yoki O`zbekiston Yevropada joylashgan”
Mulohaza ikkita qiymatdan birini “rost”, ya`ni “1” yoki “yolg‘on”, ya`ni “0” ni qabul qiladi. Bu qiymatlarga mulohazaning rostlik qiymatlari deyiladi.
Ta’rif 4. Mulohazaning rostlik qiymatlaridan tuzilgan jadvalga
Rostlik jadvali deyiladi.

Asosiy mantiqiy bog‘liqliklar


Sodda mulohazalardan murakkab mulohazalarni hosil qilish uchun mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo`lgan mantiqiy amal(bog’liqlik)larning belgilaridan foydalaniladi.


Mulohazalar ustida quyidagi asosiy 5 ta mantiqiy amal bajariladi: inkor qilish amali, kon’yunktsiya amali, diz’yunktsiya amali, implikatsiya amali va ekvivalentlik amali.


Ta`rif 1. A mulohazaning inkori deb, shunday yangi mulohazaga aytiladiki, agarda A mulohaza yolg`on bo`lsa, uning inkori chin bo`ladi va aksincha. A mulohazaning inkori ¬A yoki Ā kabi belgilanadi va “A emas” deb o`qiladi.
Inkor qilish amali uchun rostlik jadvalini tuzish mumkin:



A

¬A, Ā

1

0

0

1



Ta`rif 2. A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi deb, A va B mulohazalar bir vaqtda rost bo`lgandagina rost bo`lib, qolgan barcha hollarda yolg`on qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi.
A va B mulohazalarning kon’yunktsiyasi A&B yoki A/\B kabi belgilanadi hamda “va” deb o`qiladi. A mulohaza kon’yunktsiyaning birinchi hadi, B mulohaza esa ikkinchi hadi deyiladi. Kon’yunktsiya amali xuddi 0 va 1 sonlarini ko`paytirishga o`xshagani uchun ham uni ko`pincha mantiqiy ko`paytirish deb ham atashadi.
Kon’yunktsiya amalining rostlik jadvali quyidagicha:


Yüklə 46,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin