Fan nomi: Elektron hukumat


Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va printsiplari



Yüklə 187,34 Kb.
səhifə2/5
tarix27.09.2023
ölçüsü187,34 Kb.
#149885
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza

Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va printsiplari

  • Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan davlat xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
  • Elektron hukumatning bir qancha ta’riflanishlari mavjud. Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.
  • O’ziga xos ravishda, elektron hukumatni “davlat oganlari ko’rsatayotgan hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish” deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni qo’llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmatlar ko’rsatishidir.

Elektron hukumat atamalarini quyidagi to’rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi.

  • AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
  • Hukumat faoliyatini qo’llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
  • Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targ’ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
  • Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.

Elektron hukumat ta’riflari


Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini etkazib berish uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan.

Jahon banki

Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o’zaro muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.


Yüklə 187,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin