Axborotlashtirish – hududiy taqsimlangan axborot resurslarini birlashtiruvchi telekommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rivojlantirishga yo'naltirilgan siyosat va jarayonlar.
Axborotlashtirish – bu nafaqat texnologik, balki aholi turmush tarziga sezilarli o'zgartirishlar kiritadigan ijtimoiy va madaniy jarayon hamdir.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu jamiyat a'zolarining ishonchli axborotdan to'liq va o'z vaqtida foydalanishlarini ta'minlashga qaratilgan choralar kompleksini ishga tushirishdir, bu yangi axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va rivojlantirish darajasiga bog’liq bo'ladi.
Ijtimoiy: axborot yashash sifatini o'zgartirishning muxim stimulyatori sifatida yuzaga chiqadi, axborotga keng kirishda «axborot ongi» shakllanadi va tasdiqlanadi.
Iqtisodiy:axborot iqtisodiyotda resurs, xizmat, tovar, qo’shilgan qiymat va bandlik manbai sifatida kalit omilni tashkil etadi.
Siyosiy: axborot erkinligi siyosiy jarayonlarda turli klasslar va aholi ijtimoiy qatlamlari orasidagi o'sib borayotgan ishtiroki bilan xarakterlanadigan etakchi hisoblanadi.
Madaniy: axborotning madaniy qiymatini alohida individ va butun jamiyat rivojining manfaatida axborot qimmatini tasdiqlash vositasida belgilash.