Mavzu.Umumta’lim maktabi O\'quvchilari ijtimoiy faoligi
Muammoga oid nazariy manbalar hamda uning amaliy holatini o‘rganish natijalari mazkur sohada bir qator ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan: – demokratik jarayonda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, mavjud ijtimoiy faollik kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik
-o‘quvchilar ijtimoiy faolligining o‘z-o‘zidan yuzaga kelmasligi, balki doimiy ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu jarayon;
-o‘quvchilar ijtimoiy faolligining o‘z-o‘zidan yuzaga kelmasligi, balki doimiy ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu jarayon;
tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqilmaganligi;
– o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari va omillari mavjud bo‘lib, ular etarlicha o‘rganilmaganligi; – o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo‘llanilishiga bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi.
Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o‘z navbatida «o‘quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.

Faoliyat tushunchasi dunyoqarash tamoyili sifatida nemis klassik falsafasi rivojlangan davridan boshlab qaror topdi. Bu davrda Evropa madaniyatida shaxsning aql-idrok bilan ish ko‘rishi, faolligi va tashabbuskorligining ko‘p qirrali yo‘nalishiga xos bo‘lgan asosi va tamoyillari deb qarash uchun sharoit yaratildi. Bunday qarashni nemis faylasufi I.Kant boshlab berdi.