Qaddingiz rostlang biroz.
Qancha o’rgansangiz oz.
Bugun ilm chiqqisidan,
oshingiz yanа davon.
Elda bor shunday maqol:
- Intilganga tole yor.(Hamma)
Hamma darsga tayyormi?
Kelmay qolgan ham bormi?
Navbatchi davomatni aytadi.
Barakalla, navbatchi,
Hamma ishing besh, aytchi,
Qaysi darsni boshlaymiz?
So`ng aqlni charxlaymiz.
Ona tilim- jonu dilim
Chunki bu til ona tili.
Ega, kesim, ot, sifat, fe`l
Gap tahlilin o`rgandim men.
Darsning mavzu mohiyati ertak bilan boshlanadi.
Men bugungi darsimni “Zamonaviy ertak” bilan boshlamoqchiman
Bir bor ekan,bir yo`q ekan.Qadim o`tgan zamonda emas, yaqin o`tgan zamonda, Beshkent degan tomonda emas, To`rtko`l degan tomonda hosildor yerlari bor, bir Oltmishboy ismli boy dehqon bo`lgan ekan.Uchqo`rg`on mahallasidagilar shu uch yil ichida juda mo`l hosil olibdiki, omborlari liq to`la no`xat, loviya, moshga to`lib ketibdi. Nima bo`libdi-yu, sichqon tushmagur qopning bir nechtasini teshib, barcha urug`larni aralashtirib yuboribdi.Boy mahallasidagilardan yordam so`rabdi va evaziga mukofotlashni ham ta’yinlabdi.Urug`ni bir tomonga qo`yib, boyning qizidan gapini eshitaylk.Boyning bisotida birgina qizi bo`lib, ismi jismiga monand Donoxon ekan .Bo`sh vaqtini doim kitob o`qish bilan o`tkazar ekan.Qiziga kundan kun xaridorlar ko`payaveribdi.O`sha mahallada deng, Hisob momo ismli bir kampirning 5 ta azamat o`g`li bo`lib, biroz dangasaroq ekan. Ularning ismlari: 1 Sanoqqul 2.Chamaboy 3. Jamlovchibek 4.Taqsimxo`ja 5.Kasrjon ekan. Hisob momo Donoxonni biron o`g`liga munosib yor bo`lishini juda istabdi va boynikiga sovchilikka boribdi. Shunda boyning qizi Donoxon 6 ta shart va bitta jumboq topishmoq berib jo`natibdi. Hisob momo shartlarni o`g`illariga bayon qilibdi .O`g`illari boshlarini ushlaganicha hayron bo`lib qolaveribdi.
Keling o`quvchilarim, Hisob momoning 5 ta o`g`illariga 5 ta guruhga bo`linib yordam beraylik, g`olib guruh Donoxonga loyiq yigitni aniqlagan bo`ladi.Boyga ham urug` saralashda yordam qo`lini cho`zaylik zora mukofot ham sizga tegib qolar .Sinf 5 guruhga ajraladi.