10.Bir tovada 7 ta teshik-bosh og`iz burun ko`z quloq. Yakunlovchi bosqich.
Darsimiz so`ngida kimdir eshikni taqillatganday bo`ladi. O`qituvchi eshikdan maktub hamda qog`ozga o`ralgan bir buyumni oladi. Uni o`quvchilarga o`qib beradi.
“Assalomu alaykum hurmatli 26 nafar nabiralarim Siz bugun o`zingizni topqirligingiz, zukko va chaqqonligingiz bilan menga juda katta himmat ko`rsatdingiz. Bekorga xalqimiz “Bir kalla kalla-ikki kalla tilla” deyishmagan. Sizdan men va Hisobmomo juda minnatdor shu yilgi hosil mo`l bo`lsa, uning daromadidan sizday barkamol farzandlarimga atab kattakon sport maydonchasi qurib beraman.Olloh taolo qaysi xaqlni suyib ardoqlasa, o`sha xalqqa shon shuhrat va shavkat olib keladigan farzandlar in`om etar emish. Men sizning sinfingizda ana shunday farzandlarni ko`rganday bo`ldim.Aminmanki kun kelib sizdan O`zbekiston shon shuhratini butun dunyoga yoyadigan farzandlar yetishib chiqadi.
Ha, aytganday o`z yeringizni ona zamininggizni ardoqlang, uni qadriga yeting.
“Yerni qadrlagan elini qadrlaydi”, -dedi xalqimiz. Sizdan kelajakda malakali fermerlar,bog`bonlar va zo`r hisobchilar yetishib chiqsa ajabmas. So`zim so`ngida urug`ni ko`p saralagan o`quvchilarga ushbu unvonlarim bilan taqdirlaysiz degan umidda, ustozingiz va o`zinggizga cheksiz hurmat bilan Oltiariq mahallasining dehqoni Oltmishboy bobongiz.
O`quvchilarning qopchalardagi no`xat urug`lari sanaladi.Eng ko`p to`plagan o`quvchilar unvonchalar bilan taqdirlanadi.
Guruhlardagi no`xat va loviya urug`lari sanaladi. G`olib guruh Donoxonni qaysi o`g`liga munosib ekanligini aniqlab beradi.
Ushbu jadval har bir guruh sardoriga berilib, dars oxirida o`qituvchiga topshiriladi.