XX asrda pedagogik diagnostikaning rivojlanishi. O’zbekistonda pedagogik
diagnostika o’zining tarixiga ega bo’lgan yangi fan sohasidan biridir. 1991 yilda
mamlakatimiz mustaqqillikni qo’lga kiritgandan so’ng pedagogik diagnostikaning
rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Jamiyatimizda ta’lim-tarbiyaviy ishlami
tashkil qilishda yoshlaming aqliy rivojlanishlan, intellektual salohiyatini oshirish,
ularda Vatanga muhabbat, milliy gurumi qaror toptirish, muloqot odobi, o zbek va
jahon madaniyati, san'ati, xalq yodgorliklarini tushunish va ardoqlash kabi yuksak
insoniy fazilatlami shakllantirishga katta e’tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, 1997
yilda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinganidan so’ng pedagogik diagnostika ta'limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishda, ta’lim sifatini baholashda, muhim
tarbiyaviy vazifalami hal etishda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda
Respublikamiz olimlari: E. G'oziyev.G'. Shoumarov,M. Quronov,0.
To'rayeva, R. MavlonovaO. Musurmonovalar yoshlaming ma'naviy qiyofasini
shakllantirish, rivojlantirish hamda jamiyatning har bir a'zosi ongiga milliy istiqlol
goyalarini singdirish, mafkuraviy immunitet hosil qilish masalalarini tadqiq
qilishgan va bu muammolar yechimini topish uchun o’z ilmiy-amaliy maktablarini
yaratishga muvaffaq bo’lishgan.
Bugungi kunda professor E. G’oziyevning “Oliy ta’lim tizimida tahsil oluvchi
talabalaming aqliy qobiliyatlarini tashxislash”, M. Quronovning “YOshlar ongiga
milliy istiqlol g oyalarini singdirish va mafkuraviy immunitetni hosil qilish” kabi
metodikalandan jamiyatimiz pedagogiari unumli foydalanishmoqda
O’zbek olimlari - B. Qodirov, O. Hasanboyeva, Sh. A. Abdullayeva, K.
Zaripov,Q urboniyozovalar o’qituvchilaming kasbiy layoqatini aniqlash,
yoshlaming tarbiyalanganlik darajasini tashxislash, xulqdagi nuqsonlami
korreksiyalash, o’smir va o’spirin yoshidagi o’quvchilami kasb tanlashga to’g’ri
yo’naltirish masalalari ustida ilmiy izlanish olib bordilar va maxsus metodikalar
yaratishga muyassar bo’ldilar hamda O’zbekistonda pedagogik diagnostikaning fan
sifatida shakllamshiga o’z ulushlarini qo’shdilar.
Bugungi kunda B. Qodirovning «Oquvchilaming iqtidori va qobiliyatlarini
diagnostika qilish», O. Hasanboyevaning «Kichik maktab yoshidagi o quvchilaming
qobiliyatlarini tashxislash», K. Zaripovning “O’qituvchilaming kasbiy tayyorligini
tashxislash”, SH.A. Abdullayevaning “O’spirinlaming tarbiyalanganlik darajasini
diagnostika qilish va xulqidagi nuqsonlami korreksiyalash” nomli metodikalari
uzluksiz ta’lim tizimiga tatbiq qilinib, samarali natijalar bermoqda.
O’zbek olimlari - R.H. Djurayev, J.G’.Yo’ldoshev, B.Xodjayev,
D.Ro’ziyevalar ta’lim muassasalalari rahbarlarining kasbiy faoliyatini tashxislash,
ta’lim sifatini oshirish monitoringini o’rganish masalalari ustida ilmiy izlanish olib
bordilar.
2017 yil 15 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da xam mamlakatda yangi mazmundagi
uzluksiz ta’lim tizimini yaratish vazifasi qo’yildi, uning tarkibida esa yangi mazmun
va mohiyatdagi innovatsion ta’lim tizimini shakllantirish bosh yo’nalish sifatida
belgilab olindi. Bu nafaqat boshqaruv muammolari, baiki ta’lim jarayoni sub’ektlari
faoliyatini innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish, ulami tashxis
qilish va o’rganish vazifalanni belgilaydi. Demak, ta’lim tizimida innovatsion
jarayonlami tashkil qilishning ilk qadamlaridan biri bu - o’qituvchilami innovatsion
pedagogik jarayonga tayyorligini diagnostika qilish, maqsad qo’yish, rejalashtirish va
bashorat qilish jarayonlarini o’rganishni ta’minlashdi