Pedagogika — tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan-dir. Pedagogika — yunoncha, pais — bola, agogos — yetaklash - bola yetaklovchi ma'nosini anglatadi. Insonlarning ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarining o'zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to'g'ri hayotga boshlash san'ati)fani xalq orasida o'z rnavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir. Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g'oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, qadriyatnomalarda, yoz-ma yodgorliklarda, xalq og'zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblar-da asoslab berilgan bo'lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mav-qeyini mustahkamladi. Pedagogika fani ta'rifiari to'g'risida har xil qarashlar mavjud. «Pedagogika- tarbiya haqidagi ta'limot, tarbiyalash san'ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat ham-da ta'lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta'lim sohasiga tegishii bilimlar yig'indisi»; Unda yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs yotadi. Ta'riflarni umumlashtirib, pedagogika tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin (2.1.1-shaklga qarang).
«Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; inson-ning jamiyatda yashashi uchun zarur boigan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi».
2.1.1-shakl. «Pedagogika»da ta'lim-tarbiya va ma'lumot hosil qilinishi. Demak, tarbiya - ijtimoiy hodisa bo'lib, insonning shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma'naviy qadri-yatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo'lib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko'rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyat bo'lib, u avloddan avlodga o'tib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma'naviy jihatlarini qaror toptirish ko'zda tutiladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ezgulik, go'zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko'nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
Ta'lim — ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassis-lar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya'ni, o'qituvchi va o'quvchi fao-liyati) jarayon bo'lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.